MUHAMEDOV

MUHAMEDOV Muzaffar (1902.1.1 – Toshkent — 1995.18.11) — aktyor, rej., teatr tashkilotchilaridan biri. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat ar-bobi (1937), Oʻzbekiston xalq artista (1959). Moskva oʻzbek drama studi-yasini tugatgan (1927). Ijodiy fa-oliyatini Hamza rahbarligidagi «Turk kuchi» truppasida aktyorlikdan boshlagan (1918). 1919-24 y. lar Oʻzbek davlat namuna drama truppasida aktyor. Andijon teatrida bosh rej. (1928—30), Oʻzbek davlat musiqali teatrida (1930—39), Navoiy teatrida (1939—43 va 1950-y. dan) rej., Mukimiy teatrida bosh rej. (1943—50). Mahmudxon («Zaharli hayot»), Muslim («Halima»), Ulmas Botir («Yorkinoy»), Mirzaboshi («Arslon») va b. uning sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridir. Muhamedov rej. lik faoliyatining dastlabki davrlarida V. Meyerxold yoʻlidan bordi, keyinchalik Muhamedov rejissurasi oʻziga xos rivoj topdi. U musiqali teatr rej. i sifatida shakllandi va bu sohada oʻziga xos rej. lik maktabini yaratdi. «Halima» (F. Zafariy), «Gulsara» (K. Yashin, M. Muxamedov; T. Jalilov), «Layli va Majnun» (Xurshid; R. Glier, T. Sodiqov), «Davron ota» (K. Yashin, S. Abdulla, Chustiy; T. Sodiqov, A. Kozlovskiy), «Tohir va Zuhra», «Alpomish» (S. Abdulla; T. Jalilov), «KIMga» (Roslaves, T. Jalilov), «Gʻunchalar» (3. Fatxullin; T. Jalilov), «Oftobxon» (K. Yashin; T. Jalilov) kabi spektakllarni saxnalashtirdi. «Ichkarida» pyesasini, «Gulsara», «Dilorom», S. Abdulla bilan «Maysaraning ishi» operalarining librettosini yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x