MUHABBATNOMA

MUHABBATNOMAnoma janrining mumtoz adabiyotdagi bir turi. Muhabbatnomada oshiqmaʼshuqaning oʻzaro munosabati, kayfiyati va istak-orzusi bayon etiladi. Muhabbatnomaning bosh qahramoni, odatda, oshiq — shoirning oʻzidir. U sevgi taronasining kuychisi sifatida maydonga chiqadi. Lirik qahramon maʼshuqani taʼriftavsif etadi, firoq alami va visol shodligini ifodalaydi. Unda lirika bilan epik tasvir unsurlari uygʻ-unlashadi. Muhabbatnomada shoir oshiq obrazi timsolida oʻzining ijtimoiy-falsafiy qarashlarini, jamiyatning ayrim muammolariga munosabatlarini badiiy ifodalaydi. Muhabbatnomaning kompozitsiyey kurilishi maktub, unga javobning, gʻazal, fard, masnaviy va ruboiylardagi izchil bayonidan iborat boʻladi. Xorazmiynjt «Muhabbatnoma», Xoʻjandiynmnt L«ato-fatnoma» va Amiriynmng «Dahnoma» kabi asarlari Muhabbatnomaning namunasidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x