MUGʻOM

MUGʻOM — 1) Ozarbayjon xalq musiqasida lad. Jami 70 dan ortiq Mugʻomlar maʼlum boʻlib, asosiylari — rast, shur, segoh, shushter, chargyah, bayati shiraz, humayun. Qolganlari shular zaminida tashkil topgan. Mugʻom tovushqatorlarida orttirilgan sekunda intervali uchraydi; koʻplarining diapazoni oktavadan keng boʻlib, ayrim tovushlar turlicha variantlarda kelishi mumkin. Mugʻom larda tonika ularning past qismidagina emas, balki oʻrta qismlarida ham uchraydi;

2) Ozarbayjon va Togʻli Qorabogʻda tarqalgan turkumli vokal-cholgʻu asar. M. lar muayyan ladga asoslanib, odatda, shu lad (mas, rast, shur va h. k.) nomi bilan ataladi. Ular badiha uslubiga asoslangan ashula, raqs va cholgʻu kuylaridan iborat. 19-a. dan boshlab Mugʻom lardan A. Magomayev, U. Hojibekov, N. Tigranov, R. Glier va b. kompozitorlar turli janrlardagi asarlarida foydalanishgan. A. Ter-Gevondyan («Rast»), F. Amirov («Shur», «Kyurdi Ovshar», «Bayati Gulistan»), Niyoziy («Rast»), S. Aleskerov («Bayati Shiraz») va b. M. larni orkestr uchun, J. Jangirov («Chargyah»), A. Aliverdibekov («Bayati Shiraz») a kapella xori uchun qayta ishlaganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x