MUFTA

MUFTA (nem. Muffe) (texnikada) — vallar, tishli gʻildiraklar, trubalar, kabellarni bir-biriga ulash uchun ishlatiladigan detal yoki uzel. Doimiy biriktiruvchi Mufta ; boshqariladigan yoki ilashma Mufta ; oʻz-oʻzidan boshqariladigan (avtomat) M. ; sirpanma Mufta va maxsus Mufta larbor. Doimiy biriktiruv-ch i M. lar vositasida ikki boʻlak val birlashtirilib, bitta yaxlit val xrsil qilinadi. Bunday Muftaning qoʻzgʻalmas, qoʻzgʻaluvchan (kompensatsiyalovchi) va elastik (qayishqoq) xillari bor. Vallarni istalgan vaqtda ulash yoki ajratish uchun boshqariladigan (ilashma) Muftalar ishlatiladi. Ularning kulachokli yoki friksion xillari bor. Ularni mexanik, gidravlik yoki elektromagnit moslamalar vositasida avtomatik tarzda yoki qoʻlda istalgan vaqtda uzib-ulash mumkin. Sirpanma Muftalar sirpanish yuz berganda, mas, yetaklanuvchi yarim Mufta yetakchi yarim Muftadan orqada qolganda ishga tushadi. Ularning gidrodinamik va elektrodinamik xillari bor. Mashinalarning aylanib ishlaydigan detallariga taʼsir etayotgan kuch va moment toʻsatdan ortib ketganda ularni saqlash maqsadida maxsus saqlagich Muftalar ishlatiladi. Valdagi kuch va moment moʻljaldagidan oshib ketganda, avvalo Muftaning boltlari sinib, vallarni bir-biridan ajratadi. Avtomatik ishlaydigan saklagich M. lar xam bor. Mas, markazdan qochma M. lar yordamida vallar avtomatik tarzda ulanibuzilib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x