MUBORAKOV Yormuhammad Nurupovich

MUBORAKOV Yormuhammad Nurupovich (1944.22.4, Olmaota viloyati, Uygʻur tumani – 1999.18.11, Toshkent) — mexanik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1994), texnika fanlari d-ri (1989), prof. (1991). ToshDU ni tugatgan (1970). Oʻzbekiston FA ning Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi in-tida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, lab. mudiri, direktor oʻrinbosari, direktori (1970—97). Oʻzbekiston FA ning fizikamat, va texnika fanlari kompleksi raisi oʻrinbosari (1998— 99). Asosiy ilmiy ishlari yer osti fazoviy inshootlarini seysmik kuchlar taʼsirida deformatsiyalanish-zoʻriqish holatlarini tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratishga oid.

As: Seysmodinamika podzemnыx soorujeniy tipa obolochek, T., 1987.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x