MUBORAK GAZ-KONDENSAT KONI

MUBORAK GAZ-KONDENSAT KONIMuborak sh. yaqinidagi Jan. va Shim. Muborak konlari. Jan. Muborak gaz-kondensat koni Muborak sh. dan 15—20 km jan.-sharkda joylashgan. Kon strukturasi 1955-y. da L. G. Cherkashina va N. I. Kamoliddinovlarning seysmik tadqiqotlari natijasida aniqlangan. Konning gazliligi kuyi boʻrga mansub 12 – va 13-gorizontlar bilan bogʻliq. 12mahsuldor gorizont 1160—1470 m chuqurlikda joylashgan va qumtosh va alevrolitlardan tashkil topgan. Umumiy qalinligi 62—67 m, samarali qalinligi 16—27 m, ochiq gʻovakliligi 18—22%, samarali gʻovakliligi 12— 18%, oʻtkazuvchanligi 125 — 578 millidarsini tashkil etadi. Uyumning uz. 12,6 km, eni 4,3 km va qalinligi 130 m. Gaz zichligi 0,640 (xavoga nisbatan), tarkibidagi metan 85 — 93%, SO2 gazi 0,1 — 1,5%, azot va nodirgazlar 1,8—5%. Kondensatning zichligi 0,74; qovushokligi 1,03 santipuz, tarkibidagi oltingugurt 0,03%. Gaz tarkibida erigan kondensat mikdori 95 sm3/m3. 13-gorizont 1230— 1450 m chuqurlikda joylashgan boʻlib, asosan, qumtosh, gravelit, gil va qisman mergeldan tuzilgan. Umumiy kalinligi 80 m gacha, samarali qalinligi 30 m, ochiq gʻovakliligi 16—24%, samarali gʻovakliligi 12—18%, oʻtkazuvchanligi 298 millidarsi. Uyumning uz. 10 km, eni 3,75 km, qalinligi 82 m. Boshlangʻich qatlam bosimi 133 atm, t-rasi 65°. Gazning zichligi 0,63 (havoga nisbatan) va tarkibidagi metan 84,8—92,7%, ogʻir uglevodorodlar 7—8%, azot va nodir gazlar 2—5,8%, kondensat mikdori 80,6 sm3/m3. 12—13-gorizontlardagi kondensat fizikkimyoviy xossalari boʻyicha bir xil.

Shim. Muborak gaz-kondensat koni Muborak sh. dan 8—10 km masofada joylashgan. Konda neft va gaz uyumlari yura davri yotqiziqlari bilan bogʻliq. 18-gorizont gaz-kondensat li, 15 – a-gorizont neft hoshiyali gaz uyumi, 15-gorizont gaz uyumidan iborat. 15 va 15 – a-gorizontlar kellovey-oksford yotqiziqlariga mansub boʻlib, gʻovak ohaktoshlardan tuzilgan. Gorizontlarning umumiy qalinligi 66 — 116 m, samarali qalinligi 1 — 103 m, gʻovakliligi 17,8, oʻtkazuvchanligi 78 millidarsi. Uyumning uz. 11,6 km, eni 3 km, gazli qismining kalinligi PO m, neftli qismniki — 17 m, chuqurligi 1795—2190 m. Boshlangʻich qatlam bosimi gaz uyumida 199,01 atm, neft uyumida 200,47 atm. Gazning zichligi 0,568—0,630, uning tarkibida metan 91,9—89,3%, azot va nodir gazlar 1,2 — 2,1%, SO2 gazi 0,1—0,2%, oltingugurt 0,1% mikdorida. Neftining zichligi 0,857% g/sm3, uning tarkibida oltingugurt 0,89%, asfaltenlar 0,07%, ak-sizli qatronlar 14%.

18-gorizont oʻrta yura yotqizikdarida boʻlib, asosan, qumtoshlardan tuzilgan. Gaz-kondensat uyumining umumiy kalinligi 60—65 m, samarali kalinligi 25— 31 m, gʻovakliligi 15,6%, oʻtkazuvchanligi 220 millidarsi. Chuqurligi 2080—2400, uz. 11,5 km, eni 2,5 km, k,alinligi 140 m. Boshlangʻich qatlam bosimi 234,9 atm. Uyumdagi gazning zichligi 0,600 — 0,723, oltingugurtsiz, tarkibida metan 85—91%, azot va nodir gazlar 2,7—8,2%, SO2 gazi 0,1 — 10% mikdorda. Gazdagi barqaror kondensat mikdori 100 sm3/m3 va zichligi 0,758 g/sm3.

Qatlam suvlari xlorkalыshyli turda boʻlib, mineralizatsiya 0,5—6,2 g/l, tarkibida yod (218,5 mg/l), brom (5760,0 mg/l), bor (114,7 mg/l) va ammoniy (600 mg/l) bor.

Baxshillo Akramov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x