MUASHSHAR

MUASHSHAR (arab. — oʻnlik) — har bir bandi oʻn misrali, bir necha oʻnlik bandlardan tashkil topuvchi sheʼr shakli. Musammatlarnknt boshqa turlarida boʻlgani kabi Muashshar larning ham birinchi oʻnlik bandi misralarida oʻzaro ohangdosh soʻzlar qofiyalashadi (a—a—a—a—a— a—a—a—a—a), qolgan bandlarining 8 yo 9 misrasi oʻzaro qofiyalashib, oxirgi 9 – yoki 10misra 1banddagi misralar bilan qofiyalashadi. Fuzuliyning kator shunday sheʼrlarida, Nodiraning «Firoqnoma» deb yuritiluvchi Muashshar ida har bir oʻnlikda oxirgi bir bayti nakarotdek aynan takrorlanib turadi. Bunday Muashshar larning qofiyalanish tartibi: a—a—a—a—a—a—a — a—b—b, v—v—v—v—v—v—v—v—b—b… tarzidadir. Ular tarjeʼ baytli Muashsharlar deyiladi. Muashsharlar musammatlar tarkibida eng koʻp oʻxshash qofiyalar topib ishlatishni, ularni poetik mazmunni ochishga xizmat qildira olishni talab qiluvchi murakkab usullardan biridir. Shuning uchun Muashshar namunalari mumtoz adabiyotimizda koʻp emas. Oʻzbek adabiyotidagi ayrim namunalari Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy, Nodira, Ahmad Tabibiy, barmok, vaznidagi namunalari esa Fafur Gʻulom («Emukdoshlar musobaqasi»), Abdulla Oripov («Tabiat») kabi shoirlar ijodida uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x