MUALLAQCHILIK

MUALLAQCHILIKsirk sanʼati janrlaridan biri. Oʻzbek sirkining (akrobatika mashqlaridan iborat boʻlgan) anʼanaviy turlaridan, tana xarakatlari b-n chiroyli shakllar yasash sanʼati. Muallaqchilik sanʼatiga oid ilk maʼlumotlarni oʻrta asrlarda yaratilgan adabiy manbalarda uchratish mumkin. Mu-allaqchilar odatda bozor maydonlarida, karvonsaroylarda, choyxonalarda 2—3 kishi boʻlib tomosha koʻrsatganlar. Ular orqa va yon bilan kamalak shaklida sakrash, ikki qoʻlda, bir qoʻlda, boshda muallaq turishdan boshlab murakkab oʻyinlarga oʻtishgan. Mas, yengilroq, chaqqonroq muallaqchi sherigining turtkisi bilan havoda 2—3-marta umbaloq oshgan, aylanib u yelkadan bu yelkaga qoʻngan, sheriklarining oyogʻi, qoʻli, boshi, yelkasida muallaq turgan, 3-oʻyinchi bir-biriga payvand boʻlib gʻildiragan. Muallaqchilik mashkdari katta dorda, simdorda, chigʻirikda, chopayotgan ot yoki tuya ustida ijro etiladi. Milliy sirk sanʼatida «besuyak» M. janri keng tarqalgan. Oʻzbekistonning jan. hududlarida, xususan Buxoro va Xorazmda mu-allaqchilar «zangboz» deb atalgan. Ular oyoqlariga kichkina qoʻngʻiroqcha — «zang»larni bogʻlab, Muallaqchilik mashklarini ijro etishgan, pichoq bilan raqsga tushishgan, ogʻzidan olov uchqunlarini purkashgan.

Muallaqchilik. Tohir va Murod Toshkanboyevlar hamda Almira Sagnayevalar chiqishi.

20-a. da Muallaqchilik sanʼatining rivojlanishiga 3. Parpiyev, N. Nurmatov, K. Gʻulomov, M. Xoʻjayev, K. Zaripovlar katta hissa koʻshishgan. Hoz. kunda Muallaqchilik oʻyinlari xam professional, ham anʼanaviy sirkda ijro etiladi.

Poʻlat Toshkanboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x