MTT hodimlariga 9-Mayga tadbir hisoboti

DO`STLARGA ULASHING:

MTT hodimlariga 9-Mayga tadbir hisoboti

 Rishton tuman maktabgacha ta’lim  bo’limi tasarrufidagi 46-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “9-may –Xotira va qadrlash kuni” ga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir

H I S O B O T I.

2020-yil 7-may kuni soat 10:00 da DMTTda  “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab tadbir o’tkazildi.

Tadbirga qishloqdagi faxriy tarbiyachilar, mexnat faxriylari va faollari,  baynalminalchi jangchilar taklif etildilar.

Tadbirda DMTTning 15 nafar jamoasi  46 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etdilar. Yig’ilishni DMTT mudirasi Sh.Sultonova ochib, 9-may “Xotira va qadrlash kuni” to’g’risida ma’ruza qildi. Shundan so’ng u so’zni tadbir mexmonlariga berdi. Mehmonlar so’zga chiqib o’zlarining xayot yo’llari xaqida, xayotiy tajribalari, kechinmalari xaqida tarbiyalanuvchilarga so’zlab berdilar. Tarbiyalanuvchilar  o’zlarini qiziqtirgan savollar  yuzasidan  mexmonlarga savol berdilar. Faxriy o’qituvchilar esa avvalgi ta’lim bilan xozirgi ta’lim o’rtasidagi tafovvut xaqida alohida to’xtalishib xozirgi yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarni ko’rib zamonga shukuronalar keltirishdi. Hamda tarbiyalanuvchilarni ta’lim –tarbiyali bo’lishga, kelajakda a’lo baxolarga o’qib yurtimiz tayanchi bo’lishga chaqirdilar.

O’tganlar xotirasi esa bir daqiqalik sukut saqlash orqali yod olindi.

 

     46-DMTT uslubchisi:                            R.Xalilova

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x