MOZAMBIK

MOZAMBIK (Mocambique), Mozambik Respublikasi (Republica de Mozambique) — Afrikaning jan,sharqiy sohilidagi davlat. Mayd. 801,6 ming km2. Aholisi 19,4 mln. kishi (2001). Poytaxti — Maputu sh. Maʼmuriy jihatdan 11 viloyat (provincia) ra boʻlinadi. Maputu sh. ham viloyat maqomiga ega.

Davlat tuzumi. Mozambik — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1990-y. 30 noyab. da qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻiprezident (1986-y. dan Joakim Albertu Chissano). U umumiy yashirin tugʻri ovoz berish yuli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xrkimiyat — Respublika Assambleyasi (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat prezident zimmasiga yuklatilgan. U Vazirlar Kengashiga rahbarlik qiladi, vazirlarni, shu jumladan, bosh vazirni tayinlaydi.

Tabiati. Qirgʻoqning umumiy uz. 3000 km ga yaqin. Qirgʻoqlari qoyali, tik, oʻrtacha balandlikda, jan. da past, yassi, ayrim joylarda botqoqliklar bor. Mamlakatning shim. qismida Sharqiy Afrika yassitogʻligi joylashgan, u gʻarbdan sharqqa zinapoyasimon pasay-ib boradi. Hududning kattagina semiki Mozambik payettekisligi egallaydi. Foydali qazilmalardan kumir, uran va temir rudalari, asbest, fosforit, slyuda, oltin, sharkda berilliy, niobiy, tantal, litiy ruda konlari bor.

Mozambikning shim. qismida iqlim subekvatorial mussonli, jan. da tropik, passatli. Mozambik payettekisligida yanv. ning Urtachi t-rasi 26°—30°, iyulniki 15°—20°, yassitogʻlikda (qish va yezda) 3°—5° dan past. Yillik yogin 750—1000 mm, sohilda 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Zambezi, Limpopo, Savi, Ruvuma. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Yirik sut emizuvchilar, asosan, qoʻriqxona va milliy bogʻlarda saqlanib qolgan. Chunonchi, Gorongoza milliy bogʻida fil, begemot, arelon, timsohlar, Marrumeu qoʻriqxonasida kafr buyvollari yashaydi. Oʻrmonlarda maymun kup. Turli ilon va qushlar uchraydi. Mozambikda Ba-nine, Zinave, Bazaruto milliy boglari ham bor.

Aholisi, asosan, bantu tili oilasiga mansub xalqlar (makua, tsonga, malavi, shona)dan iborat. Mozambikning shim. qismida sharqiy bantu xalqlari, jan. qismida jan. – sharqiy bantu xalqlari yashaydi. Yevropa va Osiyodan kuchib kelganlar (portugallar, hindlar, pokistonliklar), arablar, mulatlar ham bor. Rasmiy tilportugal tili. Mahalliy tillardan — shim. da imakua va chinyanja, jan. da chishona va shangoalan tillarida koʻproq gaplashiladi. Aholining 70% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; qolganlari xristian va musulmonlar. Aholining 17% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Beyra, Maputu, Nampula.

Tarixi. Mozambikning eng qad. aholisi bushmenlar va gottentotyaaranr. Keyinchalik Mozambikga bantu tilida soʻzlashuvchi qabilalar kelib oʻrnashgan. Mil. 1ming yillikning oxiri va 2-ming yillikning boshlarida Mozambik hududida Monomotap davlati vujudga keldi. 8-a. daarablar, 16-a. boshlarida portugallar bostirib keldi. 1629-y. gi ogʻir shartli bitimdan soʻng Monomotap davlati Portugaliyaga tobe boʻlib qoldi. 17—18-a. larda Portugaliya mustamlakachilari Mozambik hududida qul savdosi bilan shugʻullandi. 1752-y. dan Portugaliyaning Sharqiy Afrika sohilidagi yerlarida generalkapitan boshliq mustamlaka maʼmuriyati taʼsis etildi. 1909-y. Portugaliya Jan. Afrika Itti-foqi maʼmuriyati b-n har yili Mozambik mahalliy aholisidan 100 ming ishchini Transvaaldagi kumir va oltin konlariga majburan yuborish haqida konvensiya tuzdi.

1920-y. M. dan kelgan afrikalik talabalar Lissabonda vatanparvarlar tashkiloti — Afrika ligasini tuzdi. Keyinchalik Mozambikda Afrika assotsiatsiyasi, mozambikliklar assotsiatsiyasi va b. tashkilotlar yuzaga keldi. Bu tashkilotlar mustamlakachilikka qarshi tuzilgan edi. 1925-y. transport ishchilari va dokerlar, 1949-y. Lorensu-Markish (hoz. Maputu)da ishchi va dokerlarning ish tashlashlari boʻlib oʻtdi. 1964-y. 25 sent. da Mozambikni ozod qilish fronti – FRELIMO (1962-y. da tuzilgan) rahbarligida quroldi qoʻzgʻolon boshlandi. Portugaliya qoʻshinlariga qarshi qurolli kurash jarayonida FRELIMO oʻz armiyasini tuzdi va dastlab Kabu-Delgadu, Nyasa okruglarida, 1968-y. dan Tete okrugi atrofida jang boshladi. 1973-y. oxirida mamlakat hududining ʻ/4 qismi FRELIMO nazoratiga oʻtdi.

1974-y. 25 apr. da Portugaliyada fashis-tlar istibdodi agʻdarilgach, 1974-y. 5 sent. dan Portugaliya muvaqqat hukumati bilan FRELIMO oʻrtasida muzokara olib borildi va 20 sent. da Mozambikda hokimiyat muvaqqat hukumat qoʻliga oʻtdi. 1975-y. 25-iyunda Mozambik rasman mustaqil davlat maqomiga ega boʻldi. 1990-y. noyab. gacha mamlakat Mozambik Xalq Respublikasi, soʻng M. Respublikasi deb ataldi. Mozambikni ozod qilish fronti hamda respublika hukumati keng ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlarni nazarda tutgan dastur ishlab chiqsi va uni amalga oshirishga kirishdi. Biroq portugallar koʻplab ketib qolishi natijasida malakali mutaxassislar yetishmay qoldi. Koʻpgina sanoat korxonalari toʻxtadi, q. x. ekinzorlari huvillab qoldi. Tashqi qarz oshdi, tashqi savdo qiyinlashdi. FRELIMO partiyasi sanoat va q. x. ni rivojlantirishga intilib, muhim iqtisodiy va ijtimoiysiyosiy tadbirlar oʻtkazdi. Anʼanaviy xususiy xoʻjaliklarga keng yoʻl ochildi. Qoʻshilmaslik va barcha mamlakatlar b-n doʻstlik tashqi siyosatga asos qilib olindi. Mozambik — 1975-y. dan BMT aʼzosi. 1991-y. 27 dek. da OʻzR suverenitetini tan oldi. Milliy bayrami —25 iyunMustaqillik kuni (1975).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. M. ni ozod qilish fronti (FRELIMO) partiyasi, 1962-y. 25-iyunda tuzilgan; M. milliy qarshiligi partiyasi, 1976-y. da asos solingan. Mozambik mehnatkashlari tashkiloti kasaba uyushmasi, 1983-y. da tashkil etilgan.

Xoʻjaligi. Mozambik — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi 46%, sanoatning ulushi 27%.

Qishloq xoʻjaligi. M. da yer fondi 78,3 mln. gektarni tashkil etadi, uning 44,4 mln. gektari pichanzor va yaylov, 19,4 mln. gektari oʻrmon va siyrak oʻrmon. Dehqonchilikka yaroqli 15 mln. gektar yerning faqat 5—6 mln. gektaridan foydalaniladi, qurgʻoqchilik yillarida bundan ham kamayadi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida moyli palma, yer yongʻoq, kungaboqar asosiy oʻrin oladi. Maputu, Beyra, Nampula sh. lari atrofida oziq-ovqat mu-ammosi qisman banan, loviya, pomidor va b. sabzavot hisobiga hal etiladi. Inyambane va Nampula viloyatlarida maniok, Zambeziya va Maputu viloyatlarida makkajoʻxori, oq joʻxori koʻproq ekiladi. Eng muhim ekinlar qatoriga keshyu yongʻogʻi, paxta, shakarqamish, kopra, sitrus mevalar kiradi va koʻp qismi eksport qilinadi. Sizal, jut, tamaki, choy ham yetishtiriladi.

Chorvachiligi, asosan, ichki isteʼmolni taʼminlaydi. Setse pashshasi boʻlmagan Gaza, Maputu viloyatlari, shuningdek, Manika va Sofala vilo-yatlarining bir qismi muhim chorvachilik makonlaridir. Qoramol, echki, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Dengizda baliq va b. suv jonivorlari ovlanadi.

Sanoati ning asosiy tarmoqlari, oziq-ovqat va yengil sanoat, energetika, neft sanoati, kimyo sanoati, kora metallurgiya, qurilish materi-allari sanoati va b. Maputu va Beyra sh. larida un, araxis,kungaboqar yogʻi, pivo, qandshakar, baliq konserva, goʻsht va keshyu yongʻogʻini qayta ishlash korxonalari bor. Shimoyodagi meva konservalari va sharbat i. ch. z-di Afrikadagi eng yirik shunday korxonalardan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi 40 ta toʻqimachilik korxonasidan 14 tasi Maputuda joylashgan. Ularda paxta, shuningdek kopra, sizal va jutdan turli buyumlar ishlab chiqariladi. Beyrada paypoq f-kasi, Shimoyoda jutdan qopqanor, Nakalada sizaldan yoʻgʻon va ingichka arqonlar toʻqiydigan f-ka bor. Maputu poyabzal f-kasi yiliga 1 mln. juft Maputu shahridagi milliy teatr, oyoq kiyim ishlab chiqaradi. Maputu, Beyra, Nampula, Shimoyo, Inyamin-geda yogʻochsozlik va mebel f-kalari, sellyulozaqogʻoz k-ti mavjud. Maputudagi mashinasozlik korxonalarida va-gonlar ishlab chikariladi, avtobus, mototsikl, velosiped, sovitkich yigʻiladi, kabel ishlab chiqariladi, kemalar taʼmirlanadi. Maputu, Dondo, Nakalada sement z-dlari bor. Toshkoʻmir, mis, siyrak metalli rudalar, diatomit qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 490 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Mozambikning asosiy transport yoʻllari Mozambik portlari orqali qoʻshni mamlakatlar — Zimbabve, Malavi, Svazilend va JAR oʻrtasida tranzit yuk tashilishini taʼminlashga xizmat kiladi. T. y. — transportning eng muhim turi. Uz. 3843 km. Avtomobil yoʻllari tarmogʻining uz. 39 ming km. Beyra — Mutare neft kuvuri qurilgan. Asosiy dengiz portlari: Maputu, Beyra, Nakala, Kelimane. Xalqaro aeroportlari: Mavalane (Maputuda) va Beyra. Mozambik chetga mayda qisqichbaqa, keshyu yongʻogʻi, kopra, sitrus mevalar, choy, paxta, sizal, yogʻoch sotadi. Chetdan mashina va uskunalar, oziq-ovqat, pishloq, isteʼmol buyumlari, neft mahsulotlari oladi. Tashqi savdodagi mijozlari: Portugaliya, JAR, AQSH, Yaponiya, Ispaniya. Pul birligi — metikal.

Mustaqillik eʼlon qilinganidan soʻng aholiga tibbiy xizmatni yaxshilash choralari koʻrildi: xususiy kasalxona va dispanserlar davlat ixtiyoriga olindi, bepul tibbiy xizmat joriy etildi, baʼzi doridarmonlar bepul beriladigan boʻldi; aholini qizamiq, bezgak, sil kasalligiga karshi emlash yoʻlga qoʻyildi. Maputuda bezgak va b. yuqumli kasalliklarni ta-dqiq qiluvchi xalqaro markaz ochilgan. Maputu untining tibbiyot f-tida vrachlar tayyorlanadi. Mozambiklik yoshlar chet ellardagi tibbiyot oliy va oʻrta oʻquv yurtlarida ham taʼlim olib kelayotir. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Mozambik mustaqillikka erishgach (1975), maorif ishlari avj oldi. Savodsizlikni tugatish va katta yeshdagilarga taʼlim berish milliy boshqarmasi tuzildi, muallimlar tayyorlovchi 6 oylik maxsus kurslar ochildi. Yagona dunyoviy xalq taʼlimi davlat tizimi, umumiy majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Hunartexnika taʼlimi kengaytirildi. Maputu yakinidagi Matol sh. chasida hunartexnika bilim yurti, Nampulada industrial ped. texnikumi, Beyra, Tete, Maputu, Imoyro, Shakva va b. shaharlarda hunartexnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlari kurildi. Mozambik dagi 6 ta maxsus oʻquv yurti q. x. uchun mexanizatorlar tayyorlaydi. Mazkur oʻquv yurtlari va maktablar uchun oʻqituvchilar E. Monddane nomidagi un-tda va maxsus markazlarda tayyorlanadi. Koʻpgina yoshlar chet ellarga borib oʻqib keladi.

Maputuda E. Mondlane nomidagi unt, ped. in-ti, Mozambik ilmiytadqiqotlar inti, astronomiya va meteorologiya rasadxonasi, paxta tadqiqoti in-ti, sogʻliqni saqlash in-ti, geol. va konchilik xizmati bor. Maputuda milliy kutubxona, un-t kutubxonasi, Geol. xizmati kutubxonasi, Munitsipal kutubxona, Axborot va hujjatlashtirish markazining kutubxonasi, Nampulada industrialped. texnikumining kutubxonasi mavjud. 1980-y. Maputuda ishchilar uchun mamlakatda birinchi ommaviy kutubxona ochildi. Maputuda etn. va tabiat tarixi muzeyi, geol. muzeyi, Inkilob muzeyi, Milliy tarix muzeyi, Milliy sanʼat muzeyi, Beyrada Etn. muzeyi, Nampulada Badiiy galereya bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Mozambikda bir necha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: «Vanguarda» («Avangard», portugal tilida chikadigan oylik gaz., 1989-y. dan), «Diariu di Mozambik» («Mozambik kundalik gazetasi», portugal tilida chikadigan gaz., 1981-y. dan), «Domin-gu» («Yakshanba», portugal tilida chikadigan yakshanbalik gaz., 1981-y. dan), «Kampu» («Dala», portugal tilida chiqadigan oylik gaz., 1984-y. dan), «Notisiash» («Yangiliklar», portugal tilida chiqadigan kundalik gaz., 1926-y. dan), «Tempu» («Vaqt», portugal tilida chiqadigan oylik jur., 1970-y. dan). Mozambik axborot agentligi hukumat axborot agentligi boʻlib, 1975-y. da tuzilgan. Mozambik radiosi qukumatga qarashli radiost-ya, 1975-y. da asos solingan. Mozambik televideniyesi, hukumat xizmati, 1981-y. da tuzilgan.

Adabiyoti. Mozambik xalqlarining folklori koʻp janrli va koʻp tilli boʻlishiga qaramay, kam oʻrganilgan va yozma adabiyotda toʻliq ifodalanmagan. Ammo koʻpgina shoir va yozuvchilarning ijodida folklorning taʼsiri sezilib turadi. Mozambikda madaniy va ijtimoiy oʻzlik namoyon boʻlishining ilk shakli jurnalistika boʻlgan. Jurnalistika 20-a. boshlarida portugal mustamlakachilari oʻtkazayotgan maʼnaviy qorishish siyosatiga qarshi norozilik ifodasi tarzida paydo boʻldi. 1918-y. da asos solingan «Bradu afrikanu» haftanomasining afrikaliklar uyushmasi mu-stamlakachilikka qarshi ruxda boʻlib, unda aka-uka Juan va Joze Albazini hamda atoqli jurnalist, Mozambik adabiyoti asoschisi E. Diash hamkorlik qildilar. Mozambikda badiiy adabiyot portugal tilida 20-a. ning 20-y. larida paydo boʻldi, unda 2 ta — mustamlakachilikka tarafdor va unga qarshi yoʻnalish tarkib topdi. Xalqchil adabiyot namoyandalari J. Albazini («Gʻam-gʻussa kitobi»), R. di Noronya va b. mustaqillik ruhida kitoblar yozishdi. 2jaxrn urushidan keyin Mozambik adabiyotida realistik tamoy-il kuchaydi. J. Kraveyrinye va Noemiya di Sozning otashin sheʼrlari, Mozambik dush Santushning joʻshqin publitsistikasi xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. J. Diashning hikoyalar toʻplami — «Godido» qullarcha itoatgoʻylikni itqitib tashlashga chaqirdi. Key-ingi yillarda L. Bernardu Onvana va O. Mendish qurolli kurash bosqichlari, shoirlardan R. Nogar, E. Gebuza, S. Viyeyra atrof dunyoni qayta qurish haqida yozdilar. Adabiyotning badiiy shakli oʻzgarib, tili soʻzlashuv nutqiga yaqinlashib borayotir. Yozuvchilar ma-xalliy bantu guruhi tili ga tobora tez-tez murojaat qila boshladi.

Meʼmorligi, tasviriy va amaliy sanʼati. Vumba togʻi yon bagʻirlaridagi suratlar Mozambik hududidagi eng qad. yodgorliklardir. Ular ohularning, yalangʻoch va kiyimli odamlarning qizil boʻyoqda tasvirlangan rasmlaridan iborat. Oʻrta asrlardan bir qancha shaharlarda portugal istehkomlari (Mozambik sh. dagi qalʼa, Mozambik o. dagi San-Sebash-tyan qalʼasi) qolgan. Zamonaviy meʼmor A. Guyedish loyihasi asosida qurilgan murakkab tuzilishdagi turar joylar va jamoat binolari (Chikumbandagi q. x. maktabi, Inyambanedagi kottej va b.) shaharlar meʼmoriy qiyofasiga oʻziga xoslik baxsh etgan. Odatda, Mozambik xalqlarining uylari 2 to-ifada quriladi. Dengiz sohilida turar joylar yogʻoch va chiviqlardan, toʻgʻri burchak tarhli qilib solinadi va ustidan loy bilan suvaladi, tomi 2 tomonga nishab qilib, oʻt-oʻlan bilan yopiladi. Mamlakat ichkarilarida esa uylar dumaloq, oʻrtasiga ustun oʻrnatilib, tomi konus shaklida qamish va shox-shabba bilan yopiladi. Uy devorlariga koʻpincha rangbarang boʻyoklarda jonivorlar suratlari va turli rasmlar solinadi. Derazalarga naqshlar tushiriladi. 20-a. ning 2-yarmida shaharlarda yevropacha imoratlar kurila boshladi.

Amaliy va tasviriy sanʼatida yogʻochdan erkak va ayollarning, bola koʻtargan onalarning haykalchalarini, turli shakllarni yasash, savat va bordon toʻqish, zarang idishlar yasash va ularni bezash odat boʻlgan. Oshqovoq poʻstlogʻidan idishlar qilinadi, sopol idishlarga botiq va boʻrtma naqshlar tushiriladi. Uy eshiklari, mebellar oʻymakorligi urf boʻlgan. 19-a. ning 40-y. laridan milliy rangtasvir maktabi vujudga kela boshladi (birinchi rassom ayol Bertina Lopish). 50-y. larda bir guruh rassom va haykaltaroshlar voyaga yetdi (rassomlar V. G. Malangatan va A. Chissanu, haykaltarosh N. Langa, rangtasvirchi V. Mankeu, Mashaana, Mukaveli va b.).

Musiqasi. Mozambik musiqiy madaniyati qad. Xalq urf-odatlari, toʻytomoshalar, chaqaloq tugʻilishini nishonlash kabi marosimlar musiqasiz oʻtmaydi. Qoʻshiq, raqs, mashshoqlik xalq kundalik hayotiga singib ketgan. Urib chalinadigan asboblar xilma-xil boʻlsa ham, ammo ksilofon asosiy oʻrinda turadi, uning 50 dan ortiq turi mavjud. Ansambllarda doʻmbira va ksilofondan tashqari, qarsildoq, shiqildoq va qoʻngʻiroqlar katta oʻrin tutadi. Puflama cholgʻular orasida bambuk va qamish naylar, suyak va yogʻoch hushtaklar, burgʻular, tilchali-klavishli chol-gʻulardan mbira, bir torli sozlardan kamonsimon chitende, katimbva, gʻijjakka oʻxshagan takare, rebeka va b., koʻp torli sitra (bangue, pango) ommalashgan. Musiqiy asboblar chalish, asosan, erkaklarning ishi boʻlsa, qoʻshiqlarni erkaklar ham, ayollar ham aytaveradi (ammo aralash xor kamdankam uchraydi). Mozambikda anʼanaviy musiqa bilan bir qatorda arab va portugal musiqiy madaniyati taʼsiridagi qoʻshiq va raqslar ham paydo boʻldi. Musiqa sanʼatini targʻib qilish uchun Milliy qoʻshiq ansambli tuzilgan.

Kinosi. Dastlabki hujjatli lentalar: «Nachingvea» (1974) va «Rovumdan Maputugacha» (1975)da milliy ozodlik kurashidagi gʻalabalar aks ettirildi. Ularda savodsizlikni tugatish, turmushdagi poklik va ozodlik mavzulari ham aks etgan. 1975-y. da tuzilgan Milliy kino in-ti filmlar i. ch. va prokat qilish, kino axborot tarqatish va b. mamlakatlar bilan kino ayirboshlash bilan shugʻullanadi. «Yigirma besh» (1977, rej. Z. S. Korrea va S. Lukash), «Mustaqillik yili» (1978, rej. F. Silva), «Leopold» operatsiyasi» (1980, rej. K. di Soza), «Ozod ovozlar» (1981, rej. J. Koshta) salmoqli filmlar jumlasiga kiradi. «Mueda: qirgʻinbarot xotiralari» (1980, rej. R. Gerra) deb atalgan birinchi tuda metrajli badiiy film milliy ozodlik kurashini ifodalaydi. Birinchi rangli film «Kuyla, birodarim» (1982) milliy musiqiy festivallarga bagʻishlangan. Multfilmlar ham yaratila boshladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x