MODELLASH

MODELLASH — fizik hodisa va jarayonlarni model yordamida tadqiq qilish; obyektlar (jonli va jonsiz tizimlar, muhandislik konstruksiyalari, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy jarayonlar xamda loyihalanadigan obyektlar)ning modellarini yasash. Fizik, matematik, elektr, kibernetik va b. xillarga boʻlinadi. Fizik Modellashda tadqiqot tekshirilayotgan jarayonning fizik tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan mikdor (oʻlchami, tezligi) jihatidan farq qiladigan modelda olib boriladi. Fizik Modellash gidrotexnika in-shootlari, samolyot, kema va b. ni tekshirishda qoʻllaniladi. Matematik Modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellanadi. Elektr M. ham kengtarqalgan. Bunda aktiv, induktiv va sigʻim qarshiliklardan foydlaniladi. Tirik organ izmlardagi boshqarish jarayonlarini oʻrganish uchun kibernetik modellar yaratilgan.

Modellashning yana bir turi analog Modellash dir. U fizik tabiati har xil boʻlgan, lekin bir xil matematik (algebrik, differensial va b.) tenglamalar bilan ifodalanadigan hodisalarning analogiyasi (oʻxshashligi) ga asoslanadi.

Modellash xar doim boshqa ilmiy va maxsus usullar bilan birga qoʻllanadi. Avvalo, Modellash eksperiment bilan chambarchas bogʻliq. Biror hodisani uning modelida oʻrganishni eksperimentning alohida xili deb karash mumkin.

Kime reaktorl arin i M. berilgan shartlarga muvofiq, istalgan oʻlchamdagi apparatlarda oʻtadigan kimyoviy texnologiya jarayonlarining natijalarini oldindan bilish uchun qoʻllanadi.

Baʼzi murakkab hodisalar (mas, turbulentlik, havo yoki suyuklik oqimining uzilish sohasidagi pulslanishlar va b.) uchun stoxastik Modellashdan foydalaniladi. U hodisalarning ehtimolligini aniqlashga asoslanadi. Bunday modellar ayni hodisadagi ayrim jarayonlarning oʻtishini toʻla aks ettirmaydi, balki qandaydir oʻrtacha, summar natijani beradi.

Ad.: Chavchanidze V. V..Gelman O. Ya., Modelirovaniye v nauke i texnike, Modellash, 1966; Usmonxoʻjayev H. H., Mexanizm va mashinalar nazariyasi, T., 1970.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x