MOZAIKA

MOZAIKA (frans. masaique — muzalarga bagʻishlangan) — bir xil yoki turli xom ashyo (koshin, tosh, yogoch, marmar, metall va b.) bulaklaridan ishlangan tasvir, naqsh. Mahobatli (monumental) bezak sanʼatining asosiy turlaridan. Asosan, binolar, amaliy sanʼat asarlarini bezashda, dastgoh. sanʼati asarlari yaratishda qoʻllanadi. Mozaika yigʻishning 2 xil usuli farqlanadi: naqsh (tasvir) mustaxkamlovchi modda (ohak, sement, mum va b.) surtilib bezatilayotgan yuzaga mayda boʻlaklardan toʻgʻridan-toʻgʻri terib hosil qilinadi; te s kar i terishda rasmli qogʻoz yoki matoga boʻlaklar oʻng tomoni bilan yopishtiriladi, soʻng teskari tomoniga mustahkamlovchi modda surtilib, bezatilayotgan yuza (devor yoki shift) ga biriktiriladi. Mozaikaning alohida turi — inkrustatsiya.

Turli ranglarda boʻyalgan doiralardan iborat eng qad. Mozaika mil. av. 3ming yillikka mansub. M. Qad. Sharq mamlakatlarida, antik davr va oʻrta asrlarda Vizantiya, Italiya, Gruziya, Qad. Rusda rivojlangan. Gʻarb. Yevropa sanʼatida bezak Mozaikalar keng tarqalgan. Islom mamlakatlarida 13—14-a. larda koshinli Mozaika rivojlangan, qoliplar asosida ishlangan boʻlaklar yigʻilib murakkab naqsh (tasvir)lar hosil qilingan. 14—15-a. larda Samarqand va Buxorodagi binolar peshtoqiga ishlangan Mozaikalar jozibadorligi bilan diqqatni tortadi.

18-a. da Yevropada (jumladan, Rossiyada Mozaika Lomonosov tomonidan) Mozaika qayta tiklangan (dastgoh portretlar va batal kompozitsiyalari yaratilgan). «Modern» va milliy romantik oqim ustalari mayolika (koshin)li Mozaika usulidan foydalanganlar (ispan A. Gaudi, rus V. Vasnetsov, Mozaika Vrubel va b.). Yirik boʻlaklardan tuzilgan Mozaikada koʻzga tashlanuvchi mahalliy ranglar uygʻunlashtirib tuzilgan kompozitsiyalar kup uchraydi (R. Guttuzo, D. Rivera va b.). 20-a. ning 30-y. laridan sanʼatlar sintezi masalalariga qiziqish ortdi, Mozaika ham rivojlandi. Oʻzbekistonda 60-y. lardan (ayniqsa, Toshkent zilzilasidan keyin) Mozaika keng tarqaldi, jamoat va turar joy binolari bezagida keng qoʻllanilmoqda (Toshkentdagi Amaliy sanʼat muzeyi, «Paxtakor» metro bekati bezaklari va b.). Asrlar davomida rivojlanib kelayotgan qad. koshinkorlik anʼanalari keng qoʻllanilgan holda jamoat binolari, meʼmoriy obidalar ajoyib Mozaika namunalari bilan bezatilmok,da: Imom Buxoriy yodgorlik majmui, Oliy Majlis bi-nosi, Oʻzbekiston konservatoriyasi binosi va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x