MOTEL

MOTEL (lot. motel, motor — motor harakatlanmoq va hotel — mehmonxona, otel soʻzlaridan) — avtoturistlar uchun mehmonxona. M. lar katta avtomagistral boʻylarida, yirik shaharlar atrofida, kurortlarda va turistlar eʼtiborini jalb qiladigan xushmanzara joylarda quriladi. Motel koʻproq yil boʻyi ishlaydigan va 100 — 200 kishiga moʻljallangan bir necha boʻlinmalar (mehmonxona, restoran, texnik xizmat koʻrsatish st-yasi, yonilgʻi shoxobchasi, garajlar va b. yordamchi xonalar)dan iborat boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x