MORIAK

MORIAK (Mauriac) Fransua (1885.11.10, Bordo — 1970.1.9, Parij) — fransuz yozuvchisi. Fransiya FA aʼzosi. Ijodiy faoliyatini shoirlikdan boshlagan. Birinchi romani «Zanjir jafosini tortgan bola» (1913)da qishloklik yigitning Parijdagi sarguzashtlari tasvirlangan. «Moxovga hadya etilgan boʻsa» (1922), «Volida» (1923), «Tereza Deskeyru» (1927), «Ilonlar oʻrami» (1939), «Boshi berk koʻcha» (1939) kabi romanlari mashqur. 1943-y. da Fransiya Kdrshilik harakatiga qoʻshilib, Forez taxallusi b-n fashizmga qarshi maqolalar yozgan («K,ora daftar»), Uning urushdan keyin yozilgan asarlaridan «Maymun» (1951), «Xudo-yiga atalgan qoʻzichoq» (1954), «Oʻtmish oʻspirini» (1969) kabi romanlari mashhur. Moriak 1952—70 y. larda Fransiyada chiqadigan «Ekspress» va «Figaro» gaz. larida oʻzining siyosiy, axloqiy va estetik mavzularda yozilgan «Yon daftarlar» ini eʼlon qildi. Uning ijodi uchun illatlarni ruhiy taxlil qilish va tabiiy detallashtirish xos. «Roman» (1928), «Romannavis va uning personajlari» (1938), «Ruqi-yat xotiralari» (1956) kabi asarlarida yozuvchining badiiy-estetik karashlari oʻz ifodasini toptan. Soʻz sanʼatidagi har qanday modernizmta qarshi turgan Moriak hayotni qanday boʻlsa, shundayligicha tasvirlashga intilgan. Nobel mukofoti laureati (1952).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x