MORFOGENEZ

MORFOGENEZ (yun. morphe — shakl va genesis — rivojlanish) — organizmlarning ontogenezi va filogenezida yangi shakllar va tuzilmalarning hosil boʻlish jarayoni. Morfogenez jarayonida hujayralarning koʻpayishi, joyining oʻzgarishi, tanlanishi, baʼzi hujayra guruhlarining oldindan irsiy belgilab qoʻyilgan oʻlimi va ixtisoslanishi kuzatiladi. Murtakhujayralarining ixtisoslanishi tufayli har xil tuzilishga va funksiyaga ega boʻlgan hujayralar shakllanadi. Ixtisoslashgan hujayralar muayyan yoʻnalishda rivojlana boshlaydi. Bu jarayon determinatsiya deyiladi. Unda hujayra guruxdari oʻzaro taʼsir qilib, bir-birining rivojlanishini boshqaradi. Bu hodisa embrional induksiya deyiladi (yana q. Ontogenez, Filogenez).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x