MORENALI RELYEF

MORENALI RELYEFmuzliklar taʼsirida paydo boʻladigan relyef. Muzliklar togʻ jinslarini yemirib, ularni bir joydan ikkinchi joyga koʻchiradi. Chekingan muzliklar yirik (gʻoʻlatosh, xarsang toshlar), mayda (shagal) toshlar va qum xamda qumoq jinslarni qoldirib ketadi. Bu yotqiziqlar koʻpdan-koʻp tepalar, chuqurliklar (koʻpincha koʻllar) hosil qiladi. Morenali relyef Rossiyaning Yevropa qismida keng tarqalgan va tuproq qatlami qalin boʻlganidan ancha tekis koʻrinadi. Togʻlarda ham Morenali relyefni uchratish mumkin. Togʻlarda vodiy yon bagʻirlarida morenalardan hosil boʻlgan ayrim va qator tepaliklar ajralib turadi. Oxirgi morena yotqiziqlaridan yoy shaklidagi morena uyumlari va xilma-xil tepaliklar paydo boʻladi. Togʻlardagi morena yotqiziqlarida tuproq qatlami yupqaroq, lekin, unumdor boʻladi. Morenali relyef Oʻrta Osiyo togʻlarida keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x