MORFIN

MORFINafyun (opiy)ning asosiy alkaloidi. Afyundan kimyoviy yoʻl b-n ajratib olinadi. Ogʻriq qoldiruvchi kuchli narkotik moddalar turkumiga kiradi. Tibbiyotda Morfinning gidroxlorid tuzi ishlatiladi. Morfin, asosan, markaziy nerv sistemasiga taʼsir etadi: ogʻriq sezgisini kamaytiradi, nafas, yoʻtal va qusish markazlarini susaytiradi, adashgan hamda koʻzni harakatlantiruvchi nervlar markazini qoʻzgʻatadi. Uni bir necha bor qabul qilinganda kishi oʻrganib qolishi (morfinizm) mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x