“Qoʻqon olimpiadasi” g’oliblari aniqlandi. Avtomobil kimlarga berildi?

“Qoʻqon olimpiadasi” g'oliblari aniqlandi. Avtomobil kimlarga berildi?
Telegram kanal подписаться

Qoʻqon shahrida Qoʻqon universiteti tashabbusi bilan “Qorakoʻl ziyo” nodavlat taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan respublika umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan “Qoʻqon olimpiadasi”ning Respublika bosqichi boʻlib oʻtkazildi.

“Xalq soʻzi” muxbiri olimpiada tafsilotlarini onlayn yoritib bordi.
Bellashuvlar uch guruh boʻlingan holda oʻtkazildi. Xususan, birinchi guruh (5-6-7-sinf oʻquvchilari), ikkinchi guruh (8-9-sinf oʻquvchilari) va uchinchi guruh (10-11-sinf oʻquvchilari hamda akademik litseylarning 1-2-kurslari). 
Hakamlar hayʼati xulosalariga koʻra, “Qoʻqon Olimpiadasi”ning birinchi gʻoliblari Sunnatov Aslbek «Neksiya», Rahmatov Anvarbek «Neksiya», Soporboyev Sarvar “Kobalt” аvtomobillari sovrindori deb topildi.
Bellashuvlar yakuniga koʻra birinchi va ikkinchi guruhlar gʻolibiga «Neksiya», uchinchi guruh gʻolibiga esa «Kobalt» avtomobili sovgʻa qilindi.
Barcha guruhlar boʻyicha 2- va 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan gʻoliblarga qimmatbaho sovgʻalar hadya etildi.
Shuningdek, barcha guruhlar boʻyicha birinchi eng yuqori ball yiqqan 10 nafar — jami 30 nafar nomzodga Qoʻqon universitetiga grant asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha Investitsion vaucher taqdim etildi.
Bundan tashqari, “Qorakoʻl ziyo” nodavlat oʻquv muassasasi tomonidan guruhlar boʻyicha eng yuqori ballni qoʻlga kiritgan oʻn nafar oʻquvchi-nomzodga matematika va boshqa fanlardan qoʻshimcha bilim olish boʻyicha bir yillik bepul oʻqish Sertifikati topshirildi.
Fazliddin Abilov, “Xalq soʻzi”

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x