MORELIYA

MORELIYA — Meksikaning jan. qismidagi shahar, oʻrtacha 1940 m balandlikda. Michoakan shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 620 ming kishi (2000). Panamerika shossesidagi yirik transport yoʻllari tuguni. Q. x. rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat, kimyo, koʻn-poyabzal, sellyulozaqogʻoz, oʻrmon sa-noati korxonalari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Yirik madaniy markaz: un-t, texnologiya in-ti, nafis sanʼat maktabi, muzeylar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan 16—18-a. larda qurilgan monastir, sobor, hukumat saroyi, akveduk saqlangan. Shaharga 1541-y. da asos solingan va 1828-y. gacha Valyadolid deb atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x