MOPASSAN (Maupassant) Gi (toʻliq nomi Anri Rene Alber Gi) de (1850.5.8, Turvilyasyur-Ark yaqinidagi Miromenil kalʼasi —1893.6.7, Parij) — fransuz yozuvchisi, Ruan li-seyini tugatgan. 1870—71 y. lardafran-ko-prus urushida qatnashgan, G. Flo-berning shogirdi, rus alibi I. S. Tur-genevni ustoz sanab, unga bagʻishlab maqolalar yozgan. Adabiyotga 1880-y. da sheʼrlar toʻplami va «Doʻndiq» novellasi bilan kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyalar toʻplami, ocherk va pyesalar, koʻplab maqolalar va b. asarlar muallifi. Mopassan ijodi uchun turmushni obyektiv tasvirlash, tilining sodda (tabiiy) va taʼsirchanligi, «hayotni oʻzidanda ishonchli tasvirlash», qahramonlar obrazini ularning xarakter va xis-tuygʻulari orqali yaratishga intilish xarakterli. Mopassan maʼnaviy qashshoq, mu-nofiq kishilar obrazining butun bir silsilasini yaratgan («Javohirot», «Oila bagʻrida», «Vasiyatnoma» «Bochkacha», «Iblis» va b.). Uning «Daydi», «Shkaf», «Gadoy» kabi novellalarida turmush qaʼriga uloqtirilgan notavonlar hayoti tasvirlangan. Muhabbatni mol-dunyodan iborat deb biluvchi, shu bois har qadamda oʻzini sotishga tayyor ayollar obrazi «Ivetta», «Haqqoniy tarix» va b. asarlarida mahorat bilan chizilgan. Mopassan sof muhabbat («Oy yogʻdusi», «Baxt»)ni kuylaydi va maʼnaviy yuksak oddiy kishilarni qadrlaydi («Simon ota», «Marten qizalogʻi»), vatanparvar va jasoratli insonlarni tarannum etadi («Doʻndiq», «Madmuazel Fifi», «Milon amaki»). Uning «Hayot» (1883), «Azizim» (1885), «Mont-Oriol» (1886), «Pyer va Jan» (1887—88) kabi romanlarida umumba-shariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik orttirishga xuruj qilish yuksak mahorat bilan tasvirlab berilgan. «Oʻlimdek kuchli» (1889), «Bizning qalb» (1890) romanlarida esa psixologik ruh kuchli. «Hayot», «Azizim» romanlari (Ibrohim Gʻafurov tarjimasi) va bir qancha hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima kdlingan.
Ad.: Raskin B. L., Gi de Mopassan, v sb., Pisateli Fransii, Mopassan, 1964; Istoriya fransuzskoy literaturы, Mopassan, 1987.
Ibodulla Mirzayev.