MONTERREY

MONTERREY — Meksikaning shim.-sharqiy qismidagi shaxar, Santakatarina daryosi vodiysida. Nuevo-Leon shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,1 mln. kishi (2000). Aeroporta xalqaro axdmiyatga ega. Mamlakatning yirik iqtisodiy markazi (Mexikodan keyin 2-oʻrinda). Qora va rangli metallurgiya sanoatlari rivojlangan. Metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, q. x. mashinasozligi), kimyo, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Reynos sh. dan quvurlar orqali gaz, Tampiko sh. dan neft mahsulotlari keltiriladi. Un-tlar bor. Shaharga 16-a. da asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 17—18-a. larda qurilgan binolar saqlangan. Monterrey yaqinidan polimetall rudalar olinadi, shahar yonida yirik GES qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x