MONSONIT

MONSONIT (Italiyadagi Monsoni togʻi nomidan) — kristalli magmatik togʻ jinsi; taxm. teng mikdordagi kaliynatriyli dala shpati (ortoklaz va Labrador) va temirli magnezial minerallardan tuzilgan. Monsonitning nordonroq xillarida ozroq miqdorda kvars boʻladi. Tarkibidagi minerallarning nisbatiga koʻra, Monsonit li jinslar gabbro va siyenit oraligʻida boʻladi. Teksturasi, asosan, massivli. Rangi kulrang, kulrang-pushti. Qoramtir mineral boʻyicha avgitli, biotitli va h. k. boʻladi. Fizikaviy xossasi dioritga yaqin Monsonitlar zich, yirik donador jins si-fatida alohida massivlarni hosil qiladi. Murakkab tarkibli intruzivlar tuzilishida ishtirok etadi. Monsonitning porfirli turlari Oʻzbekistonda Qurama togʻlarida uchraydi. Xorijda Ukraina, RF (Baykal atrofida), Italiya, Norvegiya va b. mamlakatlarda bor. Jilolanuvchi turlaridan qurilish materiali sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x