MONOSAXARIDLAR

MONOSAXARIDLAR — organik birikmalar, uglevodlarning asosiy guruhlaridan biri. Tarkibida gidroksil guruhlari, aldegid guruhi (aldozalar) yoki ketoguruh (ketozalar) boʻladi. Umumiy formulasi CnH2nOn (bu yerda p=3+9). Zanjiridagi uglerod atomlarining soniga qarab Monosaxaridlar, odatda, quyi Monosaxaridlar (zanjirida 3 va 4 ta uglerod atomi boʻlgan) triozalar (S3N6O3) va tetrozalar (S4N8O4), oddiy Monosaxaridlar pentozalar (S5N10O5) va geksozalar (S6N|2O6), yuqori Monosaxaridlar geptozalar (S7N|4O7), oktozalar (C8HI6OS), nonozalar (C,Hi8O9) ra boʻlinadi. Bulardan, geksozalar (mas, glyukoza, galaktoza, mannoza, fruktoza) va pentozalar (arabinoza, ksiloza, riboza va b.) muhim. Monosaxaridlar suvda yaxshi, spirtda oz eriydi, efirda esa erimaydi. Hayvonlar, oʻsimliklar organizmida erkin holda va polisaxaridlar, glyukozidlar holida koʻp uchraydi. Monosaxaridlar, ayniqsa, fosfor efirlari (geksozodifosfat, geksozomonofosfat) holida organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, energetik jarayonlarda, shuningdek, uglevod va b. murakkab birikmalar sintezida qatnashadi. Monosaxaridlar, asosan, polisa-xaridlarni gidrolizlab olinadi. Monosaxaridlar va ularning hosilalari, mas, glyukoza, fruktoza oziq-ovqat sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x