MONOPSONIYA

MONOPSONIYA (mono… va yun. opsonia — sotib olmoq) — bozor holati, bozorda xaridorning hukmron mavqega ega boʻlishi. Monopsoniyada bir nechta sotuvchilar va bir yirik xaridor ishtirok etadi. Bozorda xaridor oʻz hukmini oʻtkazib, yetakchi mavqeni egallaydi, xarid hajmini kamaytirib, ishlab chiqaruvchilarni narxni pasaytirishga majbur etadi. Aksariyat resurelar bozorida paydo boʻladi (ishlab chiqaruvchi yutugʻi xaridor-isteʼmolchiga oʻtadi). Resurslarni davlat qatʼiy narxlarda xarid etganda, davlat buyurtmalarida ham Monopsoniya vujudga keladi. Mas, davlat avianoses, kosmikraketa obyektlari kabi qimmat va murakkab qurol-aslahalar xaridori boʻladi. Bu holda oldisotdi bitishuvchi tomonlar uchun kelishuvning narxini ham oʻz ichiga oladigan, oʻzaro majburiyatlarini nazarda tutadigan kontraktlar — bitimlar boʻyicha amalga oshiriladi. Keng maʼnoda — narxlar shakllanishiga xaridorlar, tovar va xizmatlar isteʼmolchilari hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan barcha bozorlarga nisbatan qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x