MONOPLAKOFORALAR

MONOPLAKOFORALAR (Mopoplacophora) — chigʻanokli mollyuskalarning eng tuban tuzilgan sinfi. Qazilma holda Kembriydan Devongacha uchraydi. Birinchi tirik vakili neo-pilina 1952-y. da topilgan. Hozir 8 turi maʼlum. Tanasi qalpoqchaga yoki yassi spiralga oʻxshash chigʻanoq bilan qoplangan. Mantiya boʻshligʻida 1 juftdan 8 juftgacha boʻlgan muskullar joylashgan. 5—6 juft patsimon jabralari qorin tomondagi mantiya egatchalarida joylashgan. Buyraklari 6 juft. Yuragi 2 tadan qorincha va boʻlmachadan iborat. Qon aylanish sistemasi tutashmagan. Muvozanat sakdash organi bor. Ayrim jinsli, jinsiy bezlari juft. Suv tubida 200—700 m chuqurlikda uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x