MONGOLIYA OLTOYI

MONGOLIYA OLTOYIMongoliya va Xitoydagi togʻ sistemasi, Oltoy togʻlarining jan.-sharqiy qismi. Shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa 1000 km ga choʻzilgan, eni 150—300 km. Eng baland joyi 4362 m (Munxxayrxon-Oʻla togʻi). Boʻylama tektonik vodiylar bilan ajralgan oʻzaro parallel tizmalardan iborat. Togʻ tepalari platosimon. Mongoliya Oltoyi, asosan, paleozoy kristalli slaneslari, porfir va granitlardan tuzilgan. Togʻ tepalarida doimiy qor va muzliklar (eng kattasining uz. 20 km) bor. Sernam jan.-gʻarbiy yon bagʻri oʻrmon, togʻ etaklari dasht, togʻ tepalari alp oʻtloqlari, shim.-sharqiy yon bagʻri dasht va chala choʻldan iborat. Mongoliya oltoyining davomi Gobi Oltoyidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x