MONE

MONE (Monet) Klod Oskar (1840.14.2, Parij — 1926.6.12, Normandiyaning Jiverni sh.) — fransuz manzarachi rassomi, impressionizmning asoschilaridan biri. E. Buden (1858— 59), Syuis akademiyasi (1859—60) va Sh. Gleyr ustaxonasi (1862—63)da tahsil koʻrgan. Barbizon maktabi rassomlari va E. Budenning plener rangtasvirida erishgan yutukdarini rivojlantirib, 1860-y. larning 2-yarmidan ifoda vositalari orqali havo-nur holatidagi oʻzgarishlar hissini, olam goʻzalligini tasvirlashga intildi («Maysa ustida nonushta», 1866; «Ayollar bogʻda», 1867 va b.). 1860-y. lar oxiridan ijodini inson tabiatning tabiiy bir boʻlagi sifatida talqin etilgan manzaralar yaratishga bagʻishladi; manzaralari cheksiz ichki harakatdagi tirik tabiatning bir zarrasi sifatida aks ettirildi («Parijdagi Kaputsinok xiyoboni», 1873; «Bel-Ildagi qoya», 1886 va b.); maʼlum bir mavzuni tanlab olib, uni kunning turli vaqtlarida, turli obhavo sharoitlarida, tabiatning turli holatlardagi koʻrinishlari muxrlangan turkum kartinalar yaratdi («Pichan gʻarami», 1890—91; «Ruan sobori», 1893—95 va b.). Soʻnggi davrlarga oid asarlarida moddiy boʻlmagan mu-hitga singib ketayotgan narsalar dunyosi tasvirlandi («Londonda tuman», 1903; «Nilufarlar» turkumi, 1914-22 va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x