MONADA

MONADA (yun. monas — yagona, boʻlinmas) — turli falsafiy taʼlimotlarda borliqning tuzilish elementlarini ifodalash uchun ishlatiladigan tu-shuncha: pifagorchilar taʼlimotida son, neoplatonizmda yagonalik. J. Bruno fikricha, Monada voqelikning jismoniy va ayni vaqtda psixik elementa. Monadalar haqidagi taʼlimot (monadologiya)ning asoschisi G. Leybnis hisoblanadi. Uning fikricha, Monada ruhiy tabiatga ega boʻlgan, butun dunyoni oʻziga kamrab, aks ettira oladigan oddiy (boʻlinmas) va faol birlamchi substan-siyadir. Monadologiya gʻoyasi 19-a. da nemis faylasufi I. Gerbart, G. Lotse, 20-a. da E. Gusserl (Germaniya), A. Uaytxed (Buyuk Britaniya) va b. ning qarashlarida oʻz aksini topdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x