Molochnitsa yoxud kandidoz xavfli kasallikmi?

Molochnitsa – jinsiy a’zolar shilliq qobig‘ini zararlovchi zamburug‘lar tufayli yuzaga keladigan kasallik. Dunyo statistikasi bo‘yicha har uchinchi ayol hayoti davomida bu dard bilan yuzma-yuz keladi. Xo‘sh bu qanday kasallik? Uning yuzaga kelish sabablari, o‘ziga xos belgilari, davolash usullari qanday? Bu dardga yo‘liqmaslik uchun nima qilish kerak? Sahifamiz shu haqda.

Yuzaga kelishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Nima uchun ayrim ayollar molochnitsaga chalinadi, ayrimlari yo‘q, degan savolga haligacha javob topilmagan. Ammo kasallikning paydo bo‘lish sabablari aniqlangan. Ya’ni molochnitsaning yuzaga kelishiga quyidagi omillar turtki bo‘ladi:

Shuningdek, molochnitsaning yuzaga kelish sabablarini izohlovchi yana bir qator nuqtai nazarlar mavjud.

jinsiy a’zolar

Gormonal balansning o‘zgarishi

Ba’zi gormonlarning yuqori darajada bo‘lishi qin muhitini o‘rtacha nordondan kuchli ishqorligacha o‘zgartiradi. Bu esa Candida zamburug‘larining faol rivojlanishiga olib keladi. Diabet ham qondagi qand miqdorining yuqori darajasi evaziga nordon muhit yaralishiga zamin yaratadi. Homiladorlikda va homila bo‘lishiga qarshi tabletkalar ichganda ham ularning faolligi ortadi.

Immun tizimining susayishi

Antibiotiklar zararli bakteriyalarni yo‘q qiladi, lekin shu bilan birga, foydali organizmlar ham halok bo‘ladi. Molochnitsaga moyil ayollarga antibiotiklar qo‘llashni qamoqxona qo‘riqchilarini yoppasiga ishdan bo‘shatishga taqqoslash mumkin. Zamburug‘lar rivojlanishini chegaralovchi tabiiy “qo‘riqchi”larning mavjud emasligi natijasida ular “ozodlik”ka chiqishadi. Agar immun tizimi antibiotiklar yordamida davolanayotgan boshqa xastaliklar tufayli susaygan bo‘lsa, molochnitsa birdan kuchayadi. Shuningdek, molochnitsaning mavjudligi ham immun tizimi susayishiga ta’sir qiladi.

Allergiya

O‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, molochnitsaga turtki beradigan qin infeksiyalari allergiyaga ham moyillik tug‘diradi. Demak, agar siz shuncha harakat qilishingizga qaramay, odatiy muolajalar foyda bermay, molochnitsadan aziyat cheksangiz, nafaqat ginekologga, shuningdek, allergologga ham murojaat qilishingiz lozim. Agar molochnitsaga turtki beradigan infeksiyaga allergiya sabab bo‘lsa, zamburug‘larga qarshi vositalar yordamida uni bartaraf etish mumkin. Lekin agar organizmda allergiya qo‘zg‘atuvchisi qolgan bo‘lsa, kasallik yana qayta bosh ko‘taradi.

Molochnitsa belgilari

  • tashqi jinsiy a’zolar sohasida achishish va qichishish (odatda uyqu vaqtida yoki suv protseduralaridan keyin qichishish kuchayadi);
  • qinning oq, ko‘pincha tvorogsimon ajralmalari;
  • jinsiy yaqinlik paytida og‘riq;
  • peshob chiqarishda og‘riq.

kandidoz

Davolash

Molochnitsani davolash birvarakiyga bir nechta yo‘nalishda amalga oshiriladi:

  1. xavfli omillarni aniqlash va kuchsizlantirish;
  2. antimikotik preparatlar yordamidagi terapiya;
  3. qinning normal mikroflorasini tiklash.

Shamdori, surtma va kremlar molochnitsani davolashda tez samara beradi. Yangi avlod shamdori va kremlari bir sutkadayoq, birmuncha oldin ishlab chiqarilganlari 3-6 kunda molochnitsani bartaraf etadi. Faqat bu usulning salbiy jihati shundaki, zamburug‘larga qarshi antibiotiklar qin shilliq qavati orqali qonga o‘tib, jigarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Muolaja paytida jinsiy yaqinlikdan saqlangan ma’qul.

Kandidoz asoratlari

Molochnitsa davolanmasa, quyidagi asoratlarni keltirib chiqaradi:

  • peshob yo‘li va peshob pufagi yallig‘lanishi, bachadon bo‘yni shikastlanishi;
  • infeksiyalarning jinsiy a’zolardan tashqariga, jumladan, teri va shilliq qavatlarning katta qismiga tarqalishi;
  • tug‘uruq paytida onadan bolaga infeksiya o‘tishi.

Oldini olish uchun…

Qin infeksiyalariga qayta yo‘liqmaslik uchun qin ishqorli muhitining pasayishi sabablarini aniqlash zarur. Quyidagi tavsiyalar qinning nomal mikroflorasini saqlashda yordam beradi.

  • Shirinliklarni haddan ortiq iste’mol qilmang. Aks holda qin ishqorli muhiti o‘zgarib, zamburug‘lar ko‘payishi uchun qulay sharoit yuzaga kelishi mumkin.
  • Antibiotiklar qabul qilishga ehtiyotkorlik bilan yondashing.
  • Zamburug‘li kasallikni davolashda jinsiy yaqinlikdan saqlaning.
  • Vanna moylari, gigiyenik sprey, upa kabi turli vositalarni qo‘llashdan qoching.
  • Stresslarni yengishni o‘rganing, o‘ta hissiyotli bo‘lmang.
  • Ajralmalarning rangi, hidi va miqdoriga e’tibor bering. Normal holatda ajralmalar har bir ayolda shaffof rangli, kam miqdorda bo‘ladi. Oq, tvorogsimon ajralma va qichishish odatda zamburug‘li infeksiya mavjudligini bildiradi. Jinsiy yaqinlikdan so‘ng paydo bo‘ladigan suyuq, rangsiz, yoqimsiz hidli ajralma bakterial vaginoz belgisi bo‘lishi mumkin. Yoqimsiz hid chiqaruvchi, ko‘pchigan, yashiltob ajralma trixomoniaz mavjudligini anglatadi.
  • Qinni bomi ostida suv yoki suyuq dori purkab yuvish ham infeksiyani qo‘zg‘ashi mumkin. Qolaversa, bu orqali qindan kasallik qo‘zg‘atuvchilarini nazorat qilib turuvchi foydali bakteriyalar ham yuvilib ketadi.
  • Tamponlardan faqatgina hayz siklining dastlabki kunlarida foydalaning. Ularni har ikki soatda almashtirib turing. Qin va bachadon bo‘ynining yallig‘lanish kasalliklarida esa tamponlardan foydalanmang.
  • Yiliga ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tib turing.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Qanday holatlarda ayollar gormonlarini tekshirtishi kerak?

Manba: “Sug‘diyona” gazetasi.


Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!

Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.

Hoziroq bepul yuklab oling


0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x