MOLIYA-SANOAT GURUHLARI — i. ch. samaradorligini koʻtarish uchun oʻzlarining moddiy yoki nomoddiy aktivlarini birlashtiruvchi asosiy yoki qoʻshimcha jamiyat sifatida faoliyat kursatuvchi yuridik shaxslar majmualari. Moliya-sanoat guruhlari manfaati, strategiyasi va unga erishish yoʻllari umumiy boʻlgan i. ch. soxalari va yirik bank monopoliyalarining birlashmasi hisoblanadi. Bunda sanoat kapitali bilan bank kapitalining birlashuvi roʻy beradi. Dastlab yirik Moliya-sanoat guruhlari oilaviy moliya guruxlari, mas, Rokfellerlar, Morganlar, Dyuponlar, Mellonlar va b. atrofida shakllandi. Keyinchalik bu guruxlar aniq hududlar boʻyicha uyushdi va turli oilaviy guruxlarning moliyaviy kapitalini birlashtirdi (Klivlend, Kaliforniya, Chikago M. s. g. va b.). Moliya kapitalining vujudga kelishi va rivojlanishi moliya oligarxiyasi tabaqasining paydo boʻlishiga olib keladi. Moliya-sanoat guruhlari va moliya oligarxiyasi jamiyat hayotida muhim oʻrinni egallaydi. Bu ularning qoʻlida iqtisodiy potensialning jamlanishi, kompaniya (firmalar) aksiyalari nazorat paketiga egalik qilish hamda siyosiy in-stitutlar va ommaviy axborot vositalariga bevosita taʼsir etish imkoni-yatlari bilan belgilanadi.
Abduxalil Razzoqov.