MOLIYA GURUHLARI

MOLIYA GURUHLARI — bir necha oila yoki guruhlarning ittifoqi. Iqtisodiy birlashish negizida tashkil topgan yirik moliyasanoat birlashmalari, sanoat, bank, transport, savdo, su-gurta, xizmat koʻrsatish va b. sohalarning yirik uyushmasi. 19-a. oxiri —20-a. ning boshlarida kapitalning kon-sentratsiyasi hamda markazlashuvi asosida shakllangan. Moliya guruhlari yirik kapitalga ega boʻlgan monopoliyalarning gigant ittifoqidir. Moliya guruhlari dastlab AQSH da, keyinchalik Angliya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va b. davlatlarda tashkil topdi. Bunday guruhlarga Rokfellerlar, Morganlar, Dyuponlar, Mellonlar, Jianini kabilar misol bula oladi. har bir Moliya guruhlarining markazi davlatning maʼlum hududida joylashgan buladi. Ammo 20-a. ning 70-y. dan ularning taʼsir doirasi baynalmilallashib-transmilliy tus ola boshladi. Korporatsiyalar koʻpaydi. Mac., Rotshild guruhi tasarrufidagi aktivlarning qariyb 60% Fransiyadan tashqaridagi hududlarda joylashtirilgan. Yetakchi Moliya guruhlari faoliyati universal xarakterga egadir. AQSH, Gʻarbiy Yevropa va Yaponiya iqtisodiyotida 5—10 ta Moliya guruhlari asosiy oʻrin egallaydi. Yetakchi oʻrin AQSH M. g. ga tegishli. Moliya guruhlarining yirik savdosanoat korporatsiyalari boshqa Moliya guruhlarining banklari va sugʻurta kompaniyalari bilan kredit aloqalarini oʻrnatgan. Mac, Kaliforniya va Texas (AQSH) guruhlari Uoll-strit banki kreditlaridan foydalanadi. Mamlakatlararo iqtisodiy integratsiya jarayoni yangi tipdagi birlashmalar — xalqaro korporatsiyalarni vujudga keltirdi. Ular 2 turga ajratiladi: transmilliy korporatsiyalar va koʻp millatli korporatsiyalar. hoz. paytda jahonda 37 mingga yaqin xalqaro korporatsiyalar va ularning 206 mingdan ortiq filiallari faoliyat koʻrsatmoqda. 1980y. lar oxirida 100 ta yirik Moliya guruhlaridan 38 tasi Gʻarbiy Yevropada, 29 tasi AQSHda, 16 tasi Yaponiyada, 10 tasi Fran-siyada, qolganlari, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va b. industrial mamlakatlarda joylashgan edi.

Abduxalil Razzoqov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x