MOLIKIYLIK

MOLIKIYLIK — sunniplikaagi diniyhuquqiy mazhablardan biri. Molik ibn Anas asos solgan. M. Madinada paydo boʻldi, Arabiston ya. o. ga, keyin Misr, Shim. Afrika va Andalusiyaga tarqaldi. Molik ibn Anasning «alMuvattaʼ» (ommaviy, barchaga tushunarli maʼnosida) asari Molikiylik taʼlimotining asosiy manbai hisoblanadi. Molikiylik tarafdorlari Muhammad (sav) hayotligi vaqtida ilk islomda shakllangan fiqh meʼyorlarini tan oladi, fiqhning asosiy manbai sifatida Qurʼon va sunnaga tayanadi, Madinaning savodli aholisi yakdillik bilan maʼqullagan qoidalarnigina ijmo deb hisoblaydi. Shu bilan birga musulmonlarning umumiy manfaatlariga javob beruvchi shariat hukmlariga monelik qilmaydi. Hoz. vaqtda xam bu mazhab qoidalarining Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya nikoh-oila va mulkka oid huquqiga sezilarli taʼsiri bor. U Liviyaning bir qancha jinoyat qonunlari asosini tashkil etadi.

Ad.: Husniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x