MOLIBDENLI OʻGʻITLAR

MOLIBDENLI OʻGʻITLAR — tarkibida oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklda molibden boʻlgan mikrooʻgʻitlarsan biri. Molibdenli oʻgʻitlar sifatida ammoniy molibdat, ammoniynatriy molibdat, molibdenli superfosfat va tarkibida molibden boʻlgan turli sanoat chiqindilari qoʻllanadi. Odatda, vodorod ioni koʻrsatkichi rN 5,2 dan past boʻlgan tuproqlarda oʻsimliklar Molibdenli oʻgʻitlarga koʻproq zarurat sezadi. Ekinlardan dukkaklilar (noʻxat, soya, beda, sebarga), sabzavot ekinlari (karam, pomidor), texnika ekinlari (qand lavlagi, zigʻir) va b. ancha talabchan. Mas, molibden superfosfatdan ekish paytida yerga 50—100 kg/ga mikdorida solinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x