MOLIBDENIT

MOLIBDENIT, molibden yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi MoS2; 60% Mo va 40% S dan iborat. Har vaqt oz mikdorda Re qoʻshimchasi boʻladi. Geksonal singoniyali. Varaqsimon va tangasimon agregatlardan iborat. Rangi qoʻrgʻoshsimon kulrang, metallsimon yaltiroq. Qattiqligi 1, zichligi 4620 — 4800 kg/m3. M. nihoyatda yuqori t-rali sharoitda greyzenli, kam hollarda pegmatitli konlarda volframit, topaz, kasseterit, flyuorit, xalkopirit, pirit va b. minerallar bilan birga hosil boʻladi. Renit izotoplardan birining izobar oʻzgarishi hisobiga nihoyatda qimmatbaho hisoblangan radiogenli izotop hosil boʻladi. Molibdenitning yirik konlari kontaktli metasomatik granat-piroksenli skarnlarda, shuningdek, gipotermal va mezotermal kvarsmolibdenli ruda tomirlarida mavjud. Yirik konlari Oʻrta Osiyo, Kavkaz, AQSH, Meksika, Norvegiyada, Oʻzbeki-stonda esa, asosan, Olmaliq atrofida bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x