MOLGUZAR TOGʻLARI

MOLGUZAR TOGʻLARI, Morguzar togʻlari — Turkiston tizmasining shim. etaklari (Jizzax viloyati)dagi togʻlar. Molguzor nomini tadqiqotchilar mor — ilon izi yoʻl yoki margʻzor — maysazor soʻzlaridan deb izohlaydilar. Togʻlar jan.-sharkdan shim.-gʻarbga yoʻnalgan. Uz. 70 km. Eng baland joyi (Qizilchagat balandligi) 2620 m. Nur-ota tizmasidan Ilonoʻtti togʻ yoʻlagi orqali ajralgan. Shim.-sharqiy yon bagʻirlaridan boshlanadigan koʻpgina soylarning (Zominsuv, Pishagʻarsoy, Ravotsoy va b.) konus yoyilmalari qoʻshilishidan prolyuvial shleyf vujudga kelgan. Jan.-gʻarbiy yon bagʻri Sangzor daryosi vodiysiga tik tushgan. Gersin burmalanishida hosil boʻlgan. Molguzar togʻlari silurdevon davrlarining qumtosh, slanes, ohaktosh, porfiritlaridan tashkil topgan. Togʻlarning relyef xususiyatlari ularni tashkil qilgan jinslarning litologik tarkibiga qarab turlicha shakllarga ega. Togʻlar kuchli parchalangan. Qoyali nayzasimon choʻqqilar koʻpincha chuqur daralar, platosimon yuzalar va keng togʻ bellari bilan almashib keladi. Iqlimi kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —9°, iyulniki 15° (Koʻlsoy). Yillik yogʻin miqdori 440 mm. Quyi past togʻli qismida chala choʻl subtropik mintaqa 700—1200 m gacha ifodalangan. Tub jinslar kalin lyossimon yotqiziqiar b-n qoplangan. Toʻq boʻz tuproqlarda turli oʻtli bugʻdoyiqzorlar, 1200—1800 m, baʼzan 2000 m gacha oʻrtacha balandlikdagi togʻ yon bagʻirlarida yuvilgan jigarrang tuproqlarda butazor va siyrak archazorlar tarqalgan. Quyi yarusda bugʻdoyiklar va b. boshoklilar oʻsadi. 2600 m balandlikda dasht mintaqasi mavjud. Molguzar togʻlarining Turkiston tizmasi bilan tutashgan joyida Zomin xalq oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Zominsoyning yuqori oqimida Zomin xalq bogʻi (milliy bogʻ) joylashgan. Togʻlar boy rekreatsiya resurelariga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x