MOLEKULA (lot. moles — massa) – muayyan moddaning barcha kimyoviy xossalarini namoyon qiladigan eng kichik zarrachasi. Bir xil (oddiy moddalarda) yoki har xil (kimyoviy birikmalarda) atomlardan tashkil topishi mumkin. Mustaqil ravishda mavjud boʻla oladi. Molekulaning xossasi uning tuzilishiga — qanday atomlardan tashkil topganiga, ularning soniga, atomlarning fazoviy joylashish tartibiga, ular oʻrtasidagi tortishish kuchining tabiatiga bogʻliq.
Hoz. vaqtda Molekulaning tuzilishini kimyoviy usullar bilan bir katorda mukammal fizik asboblar vositasida anik, bilish mumkin. Molekula larning tuzilishi bilan ularning xossalari oʻrtasidagi bogʻlanishni bilish moʻljallangan xossaga ega boʻlgan moddalar olish yoʻllarini ancha osonlashtiradi. Molekulada atomlarning soni ikkitadan (mas, vodorod molekulasi N2, azot (P)-oksid N0) tortib bir necha mingga (mas, oqsillarda, polimerlarda) yetishi mumkin. Molekula toʻgʻrisidagi tushunchani 17-a. da ilk bor L. Gassendi aytgan, 18-a. da Molekula Lomonosov M. («korpuskula») tushunchasini taʼrifladi. 1811-y. daA. Avogadro M. ning atomdan farqini, moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi eng kichik boʻlagi ekanligini qayd qildi. Molekula tushunchasi 1860-y. da koʻpchilik olimlar tomonidan uzil-kesil eʼtirof etildi. Molekulaning mavjudligi turli hodisalar — diffuziya, Broun harakati, rentgen nurlarini difraksiyalash singari qator hodisalarda bilvosita tasdiklandi.
Kvant mexanikasi nazariyasi yordamida Molekulaning tuzilishini chuqur oʻrganish mumkin boʻldi. Molekula ilgarilama va aylanma harakatda boʻlishi bilan bir qatorda, uning tarkibiy qismlari ham turlicha harakat qiladi. Molekulani tashkil etgan atomlarning yadrosi tebranma harakatda boʻladi va yadro bu harakatida oʻzi bilan tortishib turgan elektron qatlamlarini ergashtiradi. Elek-tronlar yadroga ergashishdan tashqari, mustaqil harakatlana oladi. Bu harakatlarning hammasi kvant mexanikasi qonuniga boʻysungan holda roʻy beradi va Molekula bir necha xil kvant holatda boʻlib, potensial energiyaga ega. Molekulaning potensial energiyasi, asosan, atomlar yadrolari urtasidagi masofaga bogʻliq.
Atomning sath energiyasi birgina harakatga — elektronning atom yadrosiga nisbatan qarakatiga bogʻliq. Shunga koʻra, uning spektri ayrim chiziqlardan iborat (chiziqli spektr beradi). Molekula dagi ichki harakat bir necha xil boʻlib, anchagina murakkab. Shunga koʻra, uning spektri ham murakkabdir. Elek-tronlarning Molekulani tashkil qilgan atomlar yadrosiga nisbatan xarakati bilan bir qatorda, yuqorida aytilgandek, atom yadrolari tebranma va aylanma harakatda boʻladi. Shunga qarab, Molekulaning spektri — elektron, tebranma va aylanma spektriga boʻlinadi. Shu harakatlarda sodir boʻladigan energiya oʻzgarishlari natijasida yoʻl-yoʻl spektr olinadi. Molekula spektri ultrabinafsha, koʻzga koʻrinadigan va infraqizil sohalarda koʻriladi. Molekulaning spektrlarini tekshirib, uning kanday elementlardan tashkil topgani, atomlar orasidagi bogʻlarning tabiati va mustahkamligi haqida mulohaza yuritish mumkin.