MOLDAVAN TILI

MOLDAVAN TILIroman tillaridan biri, Moldaviya Respublikasida va unga qoʻshni davlatlarda tarqalgan; 3 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Shevalari shim.-gʻarbiy, shim.-sharqiy, markaziy va jan.-gʻarbiy guruxdarga ajratiladi. Moldavan tili rumin tiliga yaqin boʻlib, grammatik xususiyatlariga koʻra, bir-biriga oʻxshaydi; faqat adabiy meʼyor sohasida, xususan, fonetikada (talaffuz jonli tilga yaqin) va leksikada (rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp) baʼzi tafovutlar kuzatiladi. Moldavan tilida 4 artikl, lablanmagan unlilardan Ы, E, diftonglar, 2 ta grammatik jins kategoriyasi mavjud. Adabiy Moldavan tilining shakllanishi 16 — 17-a. larda boshlanib, 19-a. ning 2-yarmida nihoyasiga yetgan. Yozuvi 19-a. gacha slavyan alifbosi (kirillitsa), 19-a. dan rus alifbosi asosida (1932—39 ylarda lotin grafikasi amshvda boʻlgan). 1989-y. da lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtish haqida qaror qabul qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x