MODULYATOR (radiotexnika va aloqada) — modulyatsiyalovchi qurilma (q. Modulyatsiya). Asosan, elektr aloqa va radioeshittirishdagi uzatuvchi qurilmalarning tarkibiy kismi. Modulyatorda = 104 — 1015 gs chastotali toʻlqinlar yoki garmonik tebranishlar axborot eltuvchi xisoblanadi. Garmonik tebranishlar yoki toʻlqinlarning qanday parametri oʻzgartirilishiga qarab, tebranishlar modu-lyatsiyasi amplitudali, chastotali, fazali yoki aralash xillarga boʻlinadi. Modulyatorlar ham shunga yarasha har xil boʻladi. Har qanday Modulyatorning asosiy kismi — boshqaruvchi element (tranzistor, elektron lampa, klistron va b.); uning yordamida signal modulyatsiyalanadigan tebranishlar yoki toʻlqinlarga taʼsir qiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые