MOZORQOʻRGʻON

MOZORQOʻRGʻON (arxeologiyada) — chorvador qabila sardorlarining mozori. Uzoqoʻtmishda mulkiy tengeizlik va sinfiy tabakalanish jarayoni jadal kechayotgan zamonlarda, ayniqsa, chorvador qabilalar jamoasida olamdan oʻtgan badavlat urugʻ va qabila sardorlarining jasadini oddiy kabiladoshlaridan aloqida koʻmish odat tusini olgan. Anʼanaga koʻra, yogʻoch yoki loydan maxsus jasadxona qurilib, uning qoq oʻrtasiga shohona kiyimdagi sardor jasadi solingan tobut oʻrnatilgan. To-but atrofiga va butun xona boʻylab sardorga tegishli qurol-aslahalar, metall (oltin, kumush, jez) va sopol idishlarda marhumga ovqat qoʻyilgan. Xonaning devorlariga gilam, naqsh solingan namat yoki guldor matolar osilib, xona tomi xari va xaschoʻplar b-n yopilgan. Sardor jasadxonasi etagiga uning xotinlaridan bir yoki bir nechasini shaxsiy boyliklari bilan birga, bayramona libosda koʻmilgan. Jasadxona atrofiga, Mozorqoʻrgʻon ostiga«narigi dunyoda» sardorga xizmat qilishi uchun uning otlaridan va xizmatkorlaridan bir nechasini oʻldirib koʻmish odat boʻlgan. Soʻng, qabrlar ustiga sonsanoqsiz toshlar uyumi hosil qilinib, uning ustiga qalin tuproqtortilgan. Natijada, balandligi va diametri bir necha metrli sunʼiy tepalik hosil boʻlgan. Arxeologiyada bunday sukunat maskani Mozorqoʻrgʻon nomi bilan yuritiladi. Ana shunday Mozorqoʻrgʻonlar chorvador qabilalar yashagan mintaqalarda jez, ilk temir va antik davrda Qora dengiz va Kaspiy dengizi atrofidagi choʻllarda (Soloxa, Kelermes), Zakavkazyening togʻ oldi mintaqalarida (Maykop, Trialeti), Oltoy va Jan. Sibir yerlarida (Bashadar, Pozirik, Salbik, Arjan), Orol dengizi atroflarida (Tagisken) qamda Qozogʻiston choʻllarida (Dandiboy, Begozi) paydo boʻlgan. Mozorqoʻrgʻon larning asosi, odatda, yarim shar, oval, kvadrat shaklida boʻlgan. Ularning diametri 3—4 m dan to 50 m gacha, bal. esa 2—3 m dan to 20 m gacha boʻlgan. Har bir Mozorqoʻrgʻon oila xilxonasi yoki urugʻ qabristoni hisoblangan. Mulkiy tabaqalanish oʻsishi bilan boy va kambagʻallar koʻmilgan Mozorqoʻrgʻonlar oʻrtasidagi farq kuchaygan. Sharqiy Yevropa, Jan. Sibir, Shim. Kavkaz, Oltoy va Qozogʻiston choʻllaridagi urugʻ va kabila oqsoqollarining Mozorqoʻrgʻon lari oʻzlarining boyligi va kattaligi bilan ajralib turgan. Ahmadali Asqarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x