MODIFIKATSIYALAR

MODIFIKATSIYALAR (lot modifi – catio, modus — oʻlchov, koʻrinish va facio qilish) — tashqi muhit omillari taʼsirida bir xil genotipga ega boʻlgan organizmlar oʻrtasida vujudga keladigan fenotipik farklar. Mas, Xitoy navroʻzguli (Primula sinensis)ning gullari nisbatan past haroratda parvarish qilinganda qizil, 30° va undan yuqori haroratda oʻstirilganda oq boʻladi. Uning gullari shakllanayotgan davrda haroratni boshqarish orqali qizil, och qizil va oq gulli oʻsimliklarni yetishtirish mumkin. Odatda, Modifikatsiyalar keyingi avlodlarga berilmaydi, ammo davomli Modifikatsiyalarda fenotipik oʻzgarishlar tashqi omillar taʼsiri toʻxtaganidan keyin ham bir necha avlod davomida saqlanib, asta-sekin yoʻqolib boradi. Bunday Modifikatsiyalar mexanizmi hozirgacha aniqlanmagan, ularning namoyon boʻlishi, sitoplazmatik tuzilmalarning oʻzgarishi bilan bogliqligi taxmin qilinadi. Modifikatsiyalar fenotipning genotip bilan tashqi sharoitning oʻzaro taʼsiri tufayli namoyon boʻlishi, tashqi sharoitning oʻzgarishi genotipga daxlsiz boʻlmasdan fenotipning oʻzgarishiga olib kelishi bilan bogliq. Modifikatsiyalarning evolyutsiyadagi ahamiyati organizmning ontogenez davomida oʻzgaradigan tashqi muhit omillariga moslanishini taʼmin etishdan iborat. Morfozlar va fenoko-piyalar Modifikatsiyalarning xususiy holatlari hisoblanadi (yana q. Mutatsiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x