MODIFIKATORLAR

MODIFIKATORLAR (lot. modifi co – oʻlchayman, oʻlchovni aniqlayman) — suyuqlantirilgan metallar (qotishmalar)ga modifikatsiyalash paytida qoʻshiladigan moddalar. Metallar (qotishmalar)da qoʻshimcha kristallizatsiya markazlari hosil qiluvchi, oquvchanlikka taʼsir etuvchi va zarralarning oʻsishiga toʻsqinlik qiluvchi (ingibitorlar) M. mavjud. Poʻlat va choʻyanlarning Modifikatorlari sifatida magnit, litiy, kremniy, siyrak-yer elementlari va qotishmalari, ferro-bor, ferrotseriy, ferrovanadiy va baʼzi kimyoviy birikmalar (mas, seriy oksidi, vanadiy nitridi) qoʻllanadi. Choʻyanga qoʻshiladigan Modifikatorlar grafitlovchi (mas, silikokalsiy, kremniymarganes-sirkoniy ligaturasi) grafitlashga imkon beruvchi, stabillashtiruvchi (xrom ligaturasi), marganes-kremniy, ferroxromkremniy va b.), unga toʻsqinlik qiluvchi va kompleks Modifikatorlarga boʻlinadi. Magniy qotishmalari va mis qotishmalari uchun sirkoniy, titan, vanadiy va bor aralashmasi, alyuminiy krtishmalari uchun titan, bor, niobiy, siyrak-yer elementlari va sirkoniy qoʻllanadi. Modifikatorlar metallurgiya z-dlarida kovshga yoki pechdan quyilayotgan metall oqimiga, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri metall quyish qoliplariga solinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x