MODDIY RAGʻBATLANTIRISH — kishilarning oʻz mehnat natijalaridan manfaatdorligini taʼminlashga, mehnatga faol jalb etishga, ish va mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan iqtisodiy shakllar va tadbirlar tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xoʻjalik yuritish, mehnatni tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Moddiy ragʻbatlantirishda xodimlarning bajarayotgan ish sifati, kasb mahorati, mehnat in-tizomi, shaxsiy tashabbuskorligi, mehnat jarayonini takomillashtirish va sifatini oshirish borasidagi takliflari hisobga olinadi. Moddiy ragʻbatlantirishda, maosh, ish haqi darajasi va mukofot tizimi muhim axamiyat kasb etadi. Moddiy ragʻbatlantirish tizimiga maosh mikdorini oshirish, shaxsiy pul mukofotlari, sovgʻalar berish, xodimlar ish sharoitini yaxshilash, sogʻligʻini saqlash boʻyicha tadbirlar va b. kiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые