MOCHIKA

MOCHIKA — Peruning shim. dagi so-hilboʻyi indeyslar madaniyati (taxm. mil. av. 1ming yillikning 2-yarmi — mil. 1ming yillik oʻrtalari). Uning markazi Moche daryosi quyi oqimida joylashgan (nomi shundan). Mochika uchun badiiy jihatdan yuksak darajada ishlangan sopol buyumlar xos (ular inson va hayvon shaklida yasalgan). Mochika indeyslarining asosiy mashgʻuloti — sugʻorma dehqonchilik, baliq ovlash, ovchilik; ular oltin, kumush va mis qotishmasidan xabardor boʻlishgan. Kanallar va yoʻllarning qoldiklari hozirgacha saqlanib qolgan. Binolar xom gʻisht (adobe) dan qurilgan, jamoat binolari — zinasimon piramida yoki supa (platforma) koʻrinishida bunyod etilgan. Oʻliklar mumiyolab dafn etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x