MOʻYNOQTOV

MOʻYNOQTOV — Qoraqalpogʻistonning shim. dagi balandlik. Bal. 86 m. Orol dengizi qurib borayotganligi tufayli Moʻynoq ya. o. oʻz qiyofasini yoʻqotib quruklikka aylangan dengiz tubi bilan tutashib ketdi. Moʻynoqtov atrofidagi tekislikdan keskin koʻtarilib turadi. Yon bagʻirlari juda tik, chinksimon jarlikdan iborat. Balandlikning yuzasi birmuncha tekis, kam parchalangan, doʻng, koʻchib yuruvchi va jan.-sharqida fitogen (buta oldi) qumliklar mavjud. Barxanlar dengizning qurigan qismidan shamol olib chiqqan qum evaziga vujudga kelgan. Balandlikning asosida paleogen gillari, pliotsenning mergelli gillari, hamda qumtosh qatlami yotadi. Choʻl qumli tuproklarda qandim, oqsaksovul, oʻtlardan rang, qoʻngʻirbosh va b. efemerlar oʻsadi. Areal tarzda tarqalgan boʻz qoʻngʻir tuproqlarda keyreuk, boyalich, burgan ustuvor. Yaylov sifatida foydalaniladi. Oʻrtacha mahsuldorligi gektariga 2—3 s.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x