MOʻGʻULISTON

MOʻGʻULISTONChigʻatoy ulusitt parchalanishi (1348) natijasida tashkil topgan davlat. Unga Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasi qaragan. Moʻgʻul hukmdorlari va mulkdorlari oʻrtasida bosib olingan mamlakatlarning xalqlariga 2 xil qarash mavjud boʻlib, ularning bir xili mahalliy zodagonlar, savdogarlar bilan yaqinlashish, xunarmandchilik, dehqonchilikni rivojlantirish, islom va musulmon madaniyatiga homiylik qilish tarafdori boʻlsa (Oʻqtoy qoon, Munke qoon, Chigʻatoy ulusi hukmdorlaridan Muborakshoh, Baroqxon, Kepakxon va b.), yana bir boshqa guruh oʻtroqlik va shahar hayotiga tamoman qarshi boʻlib, koʻchmanchilik anʼanalariga sodiq edilar. Ular shaharlarni tamoman buzib tashlash (chunki, shaharlar mustahkam qalʼalarga tayanib, moʻgʻullarga qarshi kurash markaziga aylanib qoladi, deb hisoblardilar), ekinzorlar va bogʻrogʻlarni oʻtlovlarga aylantirish tarafdorlari (Xaydu, Durra Temur, Buzan va b.) edilar.

Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar b-n Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib keladilar. Muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻldi. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shim.-sharqiy qismida qolgan turk va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. Movarounnahrga koʻchib ketgan qabilalar esa chigʻatoylar nomi bilan mashhur boʻldi. Moʻgʻullar Movaro-unnahrga koʻchib ketgan qabilalarni qoraunas (duragay), ular esa moʻgʻullarni jete (qaroqchi, talonchi) deb atardilar. 1348-y. da chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur M. xoni qilib koʻtarildi. Tugʻluq Temur vafotidan (1363) soʻng, Amir Qamariddin hokimiyatni qoʻlga oldi. Qamariddinning hukmronlik yillarida Moʻgʻulistonga Chigʻatoy ulusining gʻarbiy qismida oʻz hukmronligini oʻrnatgan Amir Temur 7-marta (1371, 1375, 1376, 1377, 1383, 1388, 1389) qoʻshin tortgan. Qamariddin Temur qoʻshinlarining taʼqibi ostida bir qism navkari bilan shim. ga qochib ketdi. Taxtga Xizrxoʻja oʻtirdi. Xizr-xoʻja Temurning Eron va Iroq yurishlarida band boʻlganligidan foydalanib, Moʻgʻulistonda tartib oʻrnatish va markaziy hukumatni mustaqkamlashga muvaf-faq boʻldi, keyinchalik (1397) u bilan qarindosh boʻlib (Temurga qizi Tuman ogʻani bergan), oʻz mamlakatining mustaqilligini saqlab qoldi. Xizrxoʻja vafotidan soʻng uning oʻgʻli Shamʼi Jaqon hokimiyatni qoʻlga oldi (1399).

1408-y. Shamʼi Jahon vafot etgach, taxtga ukasi Muhammadxon koʻtarildi. Muhammadxon davrida Movarounnahr qoʻshinlari Qashqarni egallaganlar (1416). Muhammadxondan keyin taxtga oʻtirgan Shamʼi Jahonning oʻgʻli Naqshi Jahon Xitoy va Temuriylar saltanati oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilash yoʻli bilan Moʻgʻuliston birligini saqlab qolmoqchi boʻldi. Lekin, u 1418-y. boshlarida Sheralining oʻgʻli Vaysxon tomonidan oʻldirildi. Vaysxon hukmronligi yillarida mulkdorlar orasida kurash yanada kuchaydi. Mulkdorlarning bir guruhi Vaysxon, yana bir guruhi Muhammadxonning oʻgʻli Shermuhammadxon atrofida uyushgan edi. Bu kurashda Vaysxon va uning tarafdorlarining qoʻli baland keldi. Shermuxammadxon Samarqandga qochib ketdi va 1421-y. Uning yordami b-nhokimiyatni Vaysxondan tortib oldi. Lekin oradan 3—4 y. oʻtgach, u Ulugʻbek hukumatiga boʻysunmay qoʻydi. Natijada 1425-y. Ulugʻbek katta qoʻshin bilan Moʻgʻulistonga yurish qilib, hokimiyatni Vaysxonga topshirdi. Ana shu yili Qashqar M. dan ajratilib, Samarqandga boʻysundirildi. Vaysxon vafotidan soʻng uning 2 oʻgʻli: Yunusxon va Esonbuqo oʻrtasidagi tojtaxt uchun kurashda Esonbuqo gʻolib chiqdi. Yunusxon Samarqandga qochib ketdi. Esonbuqo Moʻgʻuliston dagi tarqoqlikka barham berdi, uning chegaralarini mustahkamladi. Esonbuqo vafot etgach, Yunusxon temuriy Abu Saʼid yordami bilan taxtga oʻtirdi. Abu Saʼid vafotidan soʻng, Temuriylar saltanatida boshlanib ketgan ichki nizolardan foydalanib, hatto Movarounnahrning ichki ishlariga ham aralashib turdi va Andijon hokimi Umarshayx Mirzoni (Boburning otasi) kuyov qilib Sayram, Toshkent va Oʻsh viloyatini oʻziga boʻysundirib oldi. Yunusxon vafotidan soʻng, xon qilib koʻtarilgan Sulton Mahmudxon faqat nomigagina Moʻgʻulistonning oliy hukmdori hisoblanardi. Aslida esa bu vaqtda mamlakat maydamayda qismlarga boʻlinib ketgan edi. Mac: Oqsuv, Qorashahar vaTurfonda Sulton Ahmadxon, Chu va Qoʻziboshida qozoq sultonlari, Yettisuvda Muhammad qirgʻiz mustaqil hukmdor edilar. Moʻgʻuliston xonlari: TugʻluqTemur (1348—63), Qamariddin (1363—90), Xizrxoʻja (1390-99), Shamʼi Jahon (1399 — 1408), Muqammadxon (1408— 16), Na-qshi Jaqon (1416—18), Vaysxon (1418—21, 1425—28), Shermuhammadxon (1421-25), Esonbuqo (1428-62), Yunusxon (1462 — 87), Mahmudxon (1487-1508), Sayidxon (1504-32).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x