MIYA PARDASI — umurtqali hayvonlar va odamning bosh miyasi hamda orqa miyasini oʻrab turadigan membrana. Biriktiruvchi toʻqimadan iborat. Miya pardasi ustma-ust joylashgan uchta pardadan iborat; qattiq parda — kalla suyagining ichki yuzasiga, umurtqa kanali devoriga (orqa miyada) yopishib turadi va tomirlarga boy; toʻrparda — yupqa va juda koʻp teshikli boʻlib, uning ostidagi boʻshliqlarda tiniq miya suyuqligi (likvor) turadi; tomirl i parda — kontomir va nervlarga boy yupqa parda boʻlib, poʻstloq egatlarining orasiga kirib joylashgan. Parda tomirlari miya suyuqligini chiqarishda qatnashadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые