MIXIRAKULA (6-a.) — oq hunlar — eftaliylar sardori (515—6-a. oʻrtasi). Shim.-Gʻarbiy Hindiston (poytaxti — Shakala sh., hoz. Sialkot)da hukmronlik qilgan. Mixirakula tasarrufidagi mulklar Jamna — Gang vodiysiga, Gvaliorgacha tarqalgan. 528-y. hind hukmdorlari birlashgan qoʻshini tomonidan magʻlubiyatga uchragan, bu eftaliylarning Hindistonga keyingi yurishlariga barham bergan. Ularning ixtiyorida faqat Hind daryosi vodiysigina saqlanib qolgan. Hind xalqi tarixiy anʼ-anasida Mixirakula zolim, mustabid podshoh va shafqatsiz, qahrli istilochi sifatida aks ettirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые