MITAN — Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi shaharcha (1986-y. dan). Tuman markazi (Ishtixon)dan 8 km, Samarqand sh. dan 68 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (30 km). Aholisi 5,7 ming kishi (2000). Mitan Nurota togʻ tizmasining Oqtov adirlari adogʻida, oʻrtacha 250 m balandlikda joylashgan. 1926—58 y. larda Mitan tumanining markazi boʻlgan. 1958-y. da Mitan tumani tugatilgach, Ishtixon tumani tarkibiga kirgan. «Mitan» soʻzi shaharcha hududida yashovchi oʻzbeklarning qad. «mitan» (muytan) urugʻi nomidan kelib chiqqan. Mitanda paxta tozalash z-di, MTP, dehqon bozori, 2 umumiy taʼlim maktabi, iktidorli oʻquvchilar uyi, kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Bolalar kasalxonasi, tuman kasalxonasining terapiya boʻlimi, dorixonalar faoliyat koʻrsatadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые