MISQOL

MISQOL — qad. ogʻirlik oʻlchov birligi; Sharq (arab) mamlakatlarida qimmatbaho buyumlarning ogʻirligi Misqol b-n oʻlchangan. 1 M. ning ogʻirligi 100 dona arpa (yoki bugʻdoy) doni ogʻirligiga tenglashtirilgan. Agar bir dona arpa donini qadimda oʻrtacha 0,0409512 g ga teng qilib olingani hisobga olinsa, u holda 1 M= 100 arpa doni = 1000,04095122 = 4,09512 g boʻladi. Samarqand (6—8-a.) da 4,46 g ga, Buxoro (16—19-a.) da 4,8—5 g ga, Xorazm (14-a.) va Fargʻona vodiysida 4,55 g ga teng boʻlgan. Misr va Sudanda 1 M. 4,68 g, Suri-yada 4,45 g, Irokda 4,46 g. Eron (14-a.)da 4,3 g ga, 19-a. oxiridan esa 4,639 g ga, Hindistonda 4,583 g ga teng boʻlgan. M. Yaqin Sharkda hozir ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x