MIRZO SODIQ JONDORIY

MIRZO SODIQ JONDORIY (toʻliq nomi: Mirzo Muhammad Sodiq ibn Abduvali Munshiy Jondoriy) (18a. 50-y. lari, Jondor tumani — 1819, Karshi) — shoir. «Sodiq» taxallusi b-n ijod qilgan. U saroy xizmatiga chaqirilib, Buxoro mangʻit hukmdorlari amir Doniyol, amir Shohmurod va amir Haydarlar davrida oddiy mirza (munshiy)likdan mirzaboshibosh munshiylik darajasiga koʻtariladi.

Mirzo Sodiq Jondoriydan bizgacha 4670 bayt yetib kelgan. Uning 2 devoni va bir munshaot (xatlar, nomalar) toʻplami mavjud: birinchi devoni 300 dan ortiq gʻazal, 14 muxammas, 59 ruboiy, 20 qitʼa, 2 qasida, 34 muammo va 20 fardni oʻz ichiga olgan boʻlsa, ikkinchisi «Daxmai shohon» («Shohlar qabristoni»), «Rafʼi tumani Ohugiru Xayrobod» («Ohugir Xayrobod tumanlariga sayohat»), «Qazovu qadar»(«Qismat»), «Oshiq shudani darvesh ba duxtare» («Darveshning bir qizga oshiq boʻlgani») nomli dostonmasnaviylari hamda 33 ta taʼrixqitʼadan iborat. Mirzo Sodiq Jondoriyning 27 ta qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.

Ad.: Karimova D., Sodiq Munshiy — Jondorning shirinkalom shoiri, T., 2001.

Dilerom Karimova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x